Pentagon rahbari Ukrainaga katta sovğa bilan keldi

Pentagon rahbari Ukrainaga katta sovğa bilan keldi

Keça, 20 noyabr kuni AQŞ Mudofaa vaziri Lloyd Ostin Ukrainaga yetib borgandi. Uning Kiyevga taşrifi çoğida Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi eʼlon qilindi. Bu haqda Pentagon saytida xabar berildi.

Qöşma Ştatlardan 100 million dollarlik yangi yordam paketi quyidagilarni öz içiga oladi:

  • bitta HIMARS raketa artilleriya tizimi va qöşimça öq-dorilar;
  • Stinger zenit-raketa tizimlari;
  • 155 mm va 105 mm kalibrli artilleriya snaryadlari;
  • TOW tankka qarşi boşqariladigan raketalar;
  • Javelin va AT-4 tankka qarşi tizimlari;
  • 3 milliondan ortiq öq-dorilar.

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy keçki çiqişida Lloyd Ostin bilan uçraşgani va u bilan frontdagi vaziyat, şuningdek, artilleriya va snaryadlarni yetkazib beriş zarurati muhokama qilganini aytgan. 

Öz navbatida, Ostin Ukraina Prezidenti bilan "jang maydonidagi şoşilinç ehtiyojlarni qöllab-quvvatlaş va uzoq muddatli mudofaa ehtiyojlarini" muhokama qilganini bildirgan.

Eslatib ötamiz, 16 noyabr kuni AQŞ Prezidenti Jo Bayden Ukraina va Isroilga yordam mablağ ajratişni öz içiga olmagan federal byudjetni vaqtinça moliyalaştiriş töğrisidagi qonun loyihasini imzolagandi. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy oktyabrda Falastin-Isroil mojarosi boşlanganidan beri Ukrainaga 155 mm artilleriya snaryadlarini yetkazib beriş kamayganini aytgandi. Şuningdek, u Ğarb davlatlari Ukrainani qöllab-quvvatlaşni töxtatsa, mamlakat Qurolli kuçlari çekinişga majbur bölişini taʼkidlagandi.


×