Amerika hukumati Özbekistonni 14 yanvar – Vatan himoyaçilari kuni bilan qutladi. AQŞ Mudofaa vazirining Afğoniston, Pokiston va Markaziy Osiyo masalalari böyiça örinbosari Rebekka Zimmerman Pentagondan turib, Özbekiston Qurolli Kuçlariga eksklyuziv tabrik yölladi.
Zimmermanga köra, Özbekiston suvereniteti va mustaqilligini qöllab-quvvatlaş ikki davlat harbiy aloqalarining asosi bölib kelgan va şunday bölib qoladi.
“Qöşma Ştatlar Özbekistonni strategik hamkor sifatida qadrlaydi. Özbekistonning munosabatlarimizni kuçaytiriş hamda Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlaşga qöşgan hissasini yuqori baholaymiz”, deydi Pentagon rasmiysi.
Uning qöşimça qilişiça, Özbekiston armiyasi taşkil etilganidan buyon şu 30 yil mobaynida ikki mamlakat xavfsizlik sohasida samarali hamkorlikni yölga qöya olgan. Ikki davlat harbiylari muntazam ravişda qöşma öquv maşğulotlarini ötkazadi va axborot almaşadi.
Bu hamkorlikdan maqsad mintaqaviy va xalqaro tahdidlarning oldini oliş, deydi Zimmerman. Jumladan, terrorizm va narkotik moddalari savdosiga qarşi kuraşiş, çegara xavfsizligini taʼminlaş, xavfsizlik kuçlarining mahoratini oşiriş va qonun ustuvorligini tarğib qiliş ikkala tomon hamkorligining ustuvor vazifasi hisoblanadi.
AQŞ 20 yil davomida Afğonistonda harbiy harakatlar olib borgan paytda Özbekiston unga yaqindan yordamlaşgan va qöşni mamlakatda barqarorlikni taʼminlaşda katta hissa qöşgan, deydi rasmiy.
Zimmermanning eʼtirof etişiça, Özbekiston birinçilardan bölib Afğoniston tinç bölmasa, Markaziy Osiyo ham tinç bölmasligini tan olgan. Özbekiston Afğonistonda tinçlikka erişiş uçun AQŞ va uning mintaqadagi hamkorlari bilan mudofaa sohasida yaqindan birga işlaşda davom etmoqda.
“Terrorçilar Afğoniston hududidan AQŞ yoki uning ittifoqçi hamkorlariga zarar yetkaziş uçun foydalanişiga yöl qöymaslik lozim. Biz mintaqada tinçlik va xavfsizlikni mustahkamlaş uçun har doimgidan ham köproq imkoniyatlarga ega bölib, ularni işga solişimiz zarur. Bilamiz, Özbekiston qöşnilari bilan bu borada saʼy-harakatlarni jadallaştirib, yetakçilik qilişda davom etadi. Qöşma Ştatlar Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni quvvatlaydi”, deya fikr bildirgan Pentagon rasmiysi.









