Kataloniyaning “Barselona” klubi hozirgi kunda Qatarning “Al-Sadd” jamoasida işlayotgan ispaniyalik murabbiy Xavi Ernandes bilan şartnoma imzolaşga yaqin turibdi. Bu haqda “Radiomarca Barcelona” naşri xabar berdi.
Manbaga köra, 41 yoşli mutaxassisning boş murabbiylik lavozimiga tayinlanişi yaqin soatlarda eʼlon qilinadi. Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga köra, tomonlar 3 yillik şartnoma imzolaydi.
Maʼlumot uçun, Xavi Ernandes “Barselona” tarbiyalanuçisi hisoblanadi. U 1997 yildan 2015 yilgaça jamoa şarafini himoya qilgan. Şundan söng u bir neça mavsum davomida “Al-Sadd”da öynagan bölsa, keyinçalik esa Qatar klubi boşqaruvini qabul qildi.
Eslatib ötamiz, “Barselona” qoniqarsiz natijalardan söng 28 oktyabr kuni gollandiyalik mutaxassis Ronald Kumanni işdan böşatgan edi.









