2020 yil 2 iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 3750 (+32) nafarni taşkil etmoqda.
SSV izohiga köra, yangi kasallaniş holatlarining 17 nafari Karantin markazidagi (10 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg şahridan çarter reys bilan kelgan, 7 nafari esa Tojikiston Respublikasidan çegara post orqali kirib kelgan) fuqarolar orasida, 7 nafari Buxoro viloyatida (şundan 4 nafari koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölgan, 3 nafari esa xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilari), 3 nafari Toşkent şahrida karantinga olingan fuqarolar orasida, 4 nafari Toşkent viloyatida, 1 nafar Sirdaryo viloyatida xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçilarida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 2908 (+49) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar soğaydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 827 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda.









