Eron Isroilning xatti-harakatlari haqidagi ogohlantirişlar tugagani va tez orada nafaqat Hizbulloh, arab guruhlari javob berişini aytdi. Eron Taşqi işlar vazirligi uruşga qöşiliş ehtimolini istisno etmadi.
«Qarşilik körsatiş yetakçilari» Isroilning Ğazo sektorida heç qanday çora körişiga yöl qöymaydi, yaqin soatlarda bunga qarşi javob qaytariladi. Bu haqda Eron taşqi işlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyyon maʼlum qildi, deya xabar beradi IRNA.
Vazir «qarşilik haqida gapirganda, biz faqat Hizbullohni nazarda tutmayapmiz», deya qayd etdi. «Har narsa sodir bölişi mumkin», dedi vazir Eron Isroil bilan uruş boşlaşi mumkinmi degan savolga javob berar ekan.
«Livandagi islomiy qarşilik» Eron bilan yaqin aloqada bölgan Livandagi «Hizbulloh» guruhining nomlaridan biridir.
Abdullohiyyon uruş paytida 740 nafar bola halok bölgan maʼlumotlarni keltirdi.
«Bugun biz Ğazoni himoya qilmasak, ertaga şaharlarimizni himoya qilişimiz kerak böladi», – deya qöşimça qildi vazir. Uning fikriça, agar faol çoralar körilmasa, «ertaga Bayrutda sionist askarlarga qarşi jang qilişga töğri keladi».
Eron tomoni Isroil armiyasi tomonidan Ğazo sektorida rejalaştirilayotgan quruqlikdagi operatsiyani «qöpol xato» deb atadi.
AQŞ Eronning HAMAS tomonida uruşga kirişişidan çöçimoqda, Qöşma ştatlar harbiylari mintaqaga samolyot taşuvçi kemasi va qöşimça F-15 qiruvçi samolyotlarini joylaştirdi.
CNN maʼlum qilişiça, 2 mingga yaqin amerikalik dengiz piyodalari mintaqadagi AQŞ guruhini kuçaytiriş uçun Şarqiy Örtayer dengiziga köçib ötgan. Manbaning tuşuntirişiça, bu Eronga signal yuboriş uçun qilingan.









