“Barselona” Xavi Ernandes bilan kelişuvga erişdi. Unga köra, Xavi joriy mavsum yakuniga qadar va yana ikki mavsum “Barsa” boş murabbiyi böladi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar bergan.
Şartnomaga köra, “Barselona” Xavi bilan 2024 yilga qadar şartnoma imzoladi.
“Bu bölişi kerak edi. Uyga xuş kelibsan”, deb yoziladi xabarda.
41 yoşli mutaxassis iştirokidagi matbuot anjumani 8 noyabrda ötişi kutilmoqda. Xavi 2019 yildan beri “Al Sadd” ustozi sifatida işladi va dohaliklar bilan 7 ta titul egasiga aylandi.
Xavining “Barselona”ning yangi boş murabbiyi sifatidagi taniştiriş marosimi Kamp Nouda jamoatçilik uçun oçiq holda ötkaziladi.
Maʼlumot uçun, Xavi “Barselona” akademiyasi tarbiyalanuvçisi. U 1998-2015 yillarda “kök-anorranglilar” şarafini himoya qilgan. Bu vaqt oraliğida 767 ta öyinda maydonga tuşib, 25 ta mukofotni qölga kiritgan.









