Yaşaş uçun eng qimmat va arzon davlatlar eʼlon qilindi

Yaşaş uçun eng qimmat va arzon davlatlar eʼlon qilindi

Özbekiston yaşaş narxi böyiça 139 ta davlat orasida 127-örinni egalladi. Bu haqda “Numbeo” reyting eʼlon qildi.

“Numbeo” joriy yil uçun dunyodagi eng katta şaharlar va davlatlar böyiça maʼlumotlar bazasi – turmuş xarajatlari indeksini hisoblab çiqdi va mamlakatlarda yaşaş qançalik qimmatga tuşişini baholadi. Reyting Nyu Yorkdagi hayot darajasi bilan soliştiriş asosida tuzilgan – yuqori örinlar eng qimmat davlatlar, past örinlar esa eng arzon mamlakatlarni bildiradi.

Baholaşda quyidagi omillar hisobga olingan:

  • oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar narxi;
  • uy-joy ijara haqi va kommunal xizmatlar;
  • restoranlardagi narxlar;
  • aholining xarid qobiliyati.

Özbekistonning yaşaş indeksi 24,23 ball deb baholangan bölib, u eng arzon davlatlar guruhiga kiradi.

Şuningdek, mintaqa davlatlari orasida:

  • Armaniston – 63-örin;
  • Qozoğiston – 114-örin;
  • Qirğiziston – 121-örin;
  • Belarus – 123-örin;
  • Rossiya – 132-örinni egallagan.

Tojikiston va Turkmaniston haqida maʼlumot mavjud emas.

Dunyodagi eng qimmat yaşaş darajasiga ega mamlakatlar:

  1. Amerika Virjiniya orollari;
  2. Şveytsariya;
  3. Islandiya;
  4. Bagama orollari;
  5. Singapur.

Yaşaş eng arzon davlatlar:

  • Afğoniston;
  • Hindiston;
  • Misr;
  • Liviya;
  • Pokiston.


Teglar:
×