Qirğizistonda özbekistonlik kuraşçiga qarşi tergov işlari olib borilmoqda

Qirğizistonda özbekistonlik kuraşçiga qarşi tergov işlari olib borilmoqda

Jangda nohaq mağlub bölganini aytayotgan özbekistonlik Nursulton Röziboyevning video bayonoti qirğizistonlikliklar ğazabini keltirmoqda. Bu haqda "minbar.uz" xabar tarqatdi.

18 avgust kuni Öş viloyatining Qorasuv tumanida aralaş jang yönalişi (MMA) böyiça bölib ötgan tadbirda, andijonlik Nursulton Röziboyev mahalliy raqiblari bilan kuç sinaşgan.

Uning iddaosiga köra, u jangda qirğizistonlik Oltinbek Oriqboyev ustidan ğalaba qozongan, biroq hakam jang vaqtini ataylab erta tugatib qöygan va raqibini ğolib deya eʼlon qilgan.

Internet tarmoqlarida yoyinlangan videoda, Nursulton Röziboyev jang yakunidaÖzbekiston bayroğini qöliga olib, yuqori kötarayotgani, hakam esa unga qarşilik qiliş bilan birgalikda, bayroqni jang maydonidan taşqariga uloqtirayotgani aks etgan. Nursulton hakamga norozilik bildirib, jang maydonini tark etadi.

Nursulton Özbekistonga qaytgaç, Instagram ijtimoiy tarmoğida jang adolatli bölmagani haqida gapirib, qirğiz xalqini haqoratlaşga ham ulguradi. Bu esa öz navbatida qirğizistonliklar noroziligiga sabab böldi.

Öş viloyati Içki işlar boşqarmasi 27 yoşli özbekistonlik kuraşçi Nursulton Röziboyevni "qirğiz xalqining milliy ğururini tahqirlagan" videosi böyiça, Qirğiziston Jinoyat kodeksining 313-milliy, diniy va hududlararo nizoni keltirib çiqariş moddasiga asosan tergov işlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

"Uşbu murojatga sabab bölgan sport tadbirining taşkilotçilari çaqirtirilibtergov işlari boşlandi. Video murojat yoyinlagan Özbekiston fuqarosi öz davlatiga ötib ketganligi sabab, unga nisbatan tergov işlari xalqaro Minsk Konventsiyasi doirasida olib boriladi", - deyiladi idora bayonotida.

Sportdagi mağlubiyat ortidan paydo bölgan norozilik sabab, millatçilik kayfiyati bilan özbek va qirğiz xalqlari orasida etnik nizo kelib çiqişini oldini oliş maqsadida joylarda tuşintiriş işlari ham olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari özbekistonlik kuraşçi video bayonoti uçun qirğizistonliklardan uzr söraşi, sportçi hissiyotga berilmasligi kerakligini urğulaşmoqda.

84 kg vaznli Nursulton Röziboyev 2017 yilning 9 sentyabr kuni Bişkekda bölib ötgan WEF çempionligi uçun keçgan bellaşuvda qirğizistonlik Almanbet Nuraliyev ustidan ğalaba qozongan.

×