Namangan viloyati hokimi talabaning bir yillik kontraktini tölab berdi

Namangan viloyati hokimi talabaning bir yillik kontraktini tölab berdi

Bir neça kun avval Feysbuk ijtimoiy tarmoğida Namangan davlat universitetining farğonalik talabasi Mirzoozod Mirzaneʼmatov öz sahifasida joylagan “posti” orqali talabalik safidan çiqişini eʼlon qilgan edi.

Yaʼni, "post" orqali hokisor talaba iqtisodiy qiyinçiliklari sababli universitet rektori nomiga ariza yozib, öqişni davom ettira olmasligini rasman maʼlum qilgandi.

Keskin bahs-munozaralarga sabab bölgan, taʼsirçan şeʼrlari bilan ijtimoiy tarmoq orqali şuhrat qozongan talabaning uşbu xabari köpçilik qatori Namangan viloyati hokimi, senator Xayrullo Bozorovni ham befarq qoldirmadi. Hokim mazkur holat yuzasidan ertasigayoq Mirzoozod bilan körişdi, deya xabar berdi “Namangan24.uz” saytiga Özbekiston yoşlar ittifoqi Namangan viloyati kengaşi matbuot xizmati.

Viloyat hokimi bugun - 7 oktyabr, duşanba kuni umumiy qiymati 11 million söm miqdoridagi bir yillik kontrakt summasini tölab berdi.

- Aytişim joizki, ayni vaziyatda bu şu kungaça bölgan tuğilgan kunimdagi eng ajoyib sovğa böldi, deydi quvonç bilan Mirzoozod Mirzaneʼmatov.

Maʼlumot örnida, Mirzoozod Mirzaneʼmatov 1994 yilda Farğona viloyatining Rişton tumanida tuğilgan. Qassoblar oilasida voyage yetgan. U oliy taʼlim muassasasiga oltinçi yili urinişidan keyingina talabalik baxtiga muyassar bölgan. Oddiy işçi oilaning farzandi bölgan Mirzoozod NamDUdagi ikkinçi bosqiç talabalik yili boşlanişida kontrakt tölaşdagi maşaqqatlarga yuz tutganligi sababli öqişni taşlaş fikri bilan “post” joylaşga majbur bölganligini “Namangan24.uz” muxbiriga maʼlum qildi.

Dunyoda mehru oqibat, odamiylik, yaxşilik, sahovatpeşalik kabi insoniy fazilatlari hali ham bor ekanligini Xayrullo Bozorov amalda isbotlab, hokisor talabaning bir yillik kontrakt pulini öz hisobidan tölab berdi.

©namangan24.uz

×