«Transport töğrisida»gi qonun (ÖRQ–706-son, 09.08.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga köra, avtomobil, havo, temir yöl, suv, elektr transporti, metropoliten va transport infratuzilmasi obʼektlari Özbekistonning yagona transport tizimini taşkil etadi.
Davlat organlari va mansabdor şaxslar transport taşkilotlarining xöjalik faoliyatiga aralaşişga hamda ular xodimlarini boşqa işlarga jalb etişga haqli emas.
Transport vazirligi sohada maxsus vakolatli davlat organi hisoblanadi.
Qonunga köra, transport vositalari muvofiqlik yoki transport vositasi turini maʼqullaş sertifikatiga ega bölişi va röyxatdan ötkazilişi kerak.
Xavfsizlik talablariga javob bermaydigan transportlarni Özbekistonga olib kiriş, işlab çiqariş, sotiş yoki ulardan foydalaniş taqiqlanadi.
Davlat çegarasi orqali ötkaziş punktlarida yuklarni tranzit olib ötiş çoğida tranzit yuklar va hujjatlar identifikatsiya qilinadi.
Qonunga köra, Özbekistonda tovarlar va transport vositalariga nisbatan bajariladigan operatsiyalardan kelib çiqqan holda xalqaro va hududiy transport-logistika markazlari taşkil etilişi mumkin.
Transport-logistika markazlari ularga har qanday turdagi transportda kirib kelayotgan hamda olib çiqilayotgan yuklarni omborga joylaştiriş, saqlaş, ularga işlov beriş, qayta işlaş, qadoqlaş va taqsimlaş böyiça xizmatlar körsatadi.
Vakolatli organlar vokzalda, aerovokzalda, aeroportda, metropolitenda va avtostantsiyaga kiriş joyida transport vositasini, bagajni, yuk bagajini va yukni, yölovçilarni va boşqa şaxslarni közdan keçirişdan ötkazişi mumkin.
Şuningdek, foydali qazilmalar joylaşgan maydonlarda transport taşkilotlarining obʼektlarini loyihalaştiriş va quriş, ular joylaşgan yerlarda yer osti inşootlarini joylaştiriş taqiqlanadi. Alohida hollarda, loyihalaştiriş va qurişga Davlat geologiya va mineral resurslar qömitasi ruxsati bilan yöl qöyiladi.
Transport taşkilotlari va taşuvçilar faoliyati transport harakatlanişi bilan boğliq bölgan hamda mehnat şaroitlari öta zararli va öta oğir şaroitlarda band bölgan xodimlarning dastlabki hamda davriy tibbiy köriklardan ötkazilişini taşkil etişi şart.
Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.









