Yozning jazirama kunlarida köpçilik muzdek suv içiş bilan öz çanqoğini qondirişga harakat qiladi. Xöş, bu jarayon inson salomatligiga qay darajada taʼsir körsatadi, bu aslida töğrimi? Uşbu savollarga Soğliqni saqlaş vazirligi Matbuot xizmati eʼlon qilgan intervyuda javob berilgan.
Oliy toifali şifokor Hilola Jamilovaning sözlariga köra, issiq kunlarda muzdek suv içiş inson salomatligi uçun xavfli bölib, turli kasalliklarga olib keladi.
“Köpçilikning fikriça, issiq havoda muzdek suv içiş çanqoqni qondirib, organizmni tez sovutadi. Biroq bu notöğri, çunki jazirama payti tana özini tabiiy sovutişi natijasida köp terlaydi. Sovuq suv içganda esa organizm uni isitişga majbur bölib, ikki hissa köp energiya sarflaydi. Oqibatda tana soviş örniga yanada qiziydi. Bu esa organizm uçun stressdir. Qolaversa, jazirama kunlari muzdek suv içiş köplab kasalliklarga sabab bölişi mumkin. Birinçi galda sovuq içimlik ovqat hazm qiliş tizimiga salbiy taʼsir etadi”, deydi mutaxassis.
Maʼlum bölişiça, past haroratli suv isteʼmol qiliş qon tomirlarini toraytirib, spazm hosil qiladi va organizmda ovqatning qayta işlaş jarayonlarini sekinlaştiradi. Ayniqsa, sovuq suv yoğli taomlar bilan birga içilganda yoğning organizmga sörilişi qiyinlaşadi. Bu esa salomatlik uçun ançagina xavfli.
Şuningdek, past haroratli içimlik tanada ovqat hazm qiliş uçun zarur bölgan fermentlar işlab çiqarilişini bloklab, immunitetni pasaytiradi. Bundan taşqari, şamollaş, angina va burun-xalqum yölining boşqa kasalliklariga sabab bölişi mumkin.
Bu jarayonda şifokor aksinça, jazirama havoda iliq yoki xona haroratida bölgan suyuqlik içişni tavsiya qilmoqda.
“36-37 darajali oddiy suv organizmda metabolizm va içak faoliyatini yaxşilab, qondagi xolesterin miqdorini pasaytiradi hamda tanadan toksinlarni haydaydi. Qolaversa, bunday içimlik çanqoqni tez qondirib, tanadagi termoregulyatsiyani rağbatlantiradi. Natijada issiq havoda organizm tezroq soviydi. Şu bilan birga iliq suv tanadagi suv-tuz balansini meʼyorlaştiradi. Buning uçun kuniga örtaça 2-3 litr iliq suyuqlik (kök çoy, gazsiz mineral suv) içiş tavsiya etiladi”, deydi Hilola Jamilova.
Bundan taşqari, u çanqoq payti yaşil yoki ösimlik çoylari (romaşka, yalpiz va boşqalar), qorağat, olça, olxöri kabi nordon mevalardan tayyorlangan şarbatlar, ayron, kefir içiş juda foydali ekanligini, bunga sabab ular orqali organizmga mineral moddalar va vitaminlar kirib borişini aytib ötgan. Şu jumladan, jaziramada gazlangan, energetik va alkogol içimliklar, qahva isteʼmol qiliş mumkin emasligini taʼkidlagan.









