Maʼlumki, Qozoğistonda sodir bölayotgan ommaviy norozilik namoyişlari va qöporuvçilik harakatlarini bostiriş uçun Prezident Qosim-Jomart Töqayev Kollektiv xavfsizlik taşkilotidan yordam söradi.
Keça, 6 yanvar kuni Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining Qozoğistonga tinçlikparvar kuçlarni kiritiş töğrisidagi qarori qabul qilindi. Şu asosda keçaning özida KXŞT kuçlari Qozoğistonga kirişni boşladi. Bunda birinçilardan bölib Rossiya va Belarus otni qamçiladi.
Xöş, KXŞT nomi ostida taşkilotga aʼzo davlatlarning neça nafar harbiylari Qozoğistonga kiritilmoqda? Bunda son böyiça kimning qöli baland kelmoqda.
Sönggi maʼlumotlarga köra, taşkilotda asosiy taşabbuskor bölgan Rossiya Qozoğistonga naq 3 ming nafar harbiy kiritmoqda.
28 yildan buyon Aleksandr Lukaşenko boşqaruvida bölgan Belarusning çekiga esa 500 nafar harbiy kiritiş tuşgan.
Voqealarni jim kuzatib kelayotgan Tojikiston esa uşbu namoyişlarni bostiriş jarayonida 200 askari bilan KXŞT nomidan iştirok etadi.
Qirğiziston esa Qozoğistonga 150 nafarlik harbiy yordam bermoqçi. Biroq mamlakat poytaxti Bişkekda allaqaçon jamoatçilik faollari Qozoğistonga KXŞT nomi ostida harbiy kiritişga qarşi çiqmoqda. Noroziliklar asosan parlament binosi atrofida bölmoqda.
Qoraboğ uruşida özi ham Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan yordam söraganu lekin umidi söngan, Qozoğistondagi namoyişlar boşlangan ilk kundanoq hali Vladimir Putin, hali Töqayev bilan muloqot qilib borayotgan Boş vazir Nikol Paşinyan Qozoğistonga bor-yöği 100 nafar arman askarini kiritişga qaror qildi.
KXŞT Boş kotigibiga köra:
• Tinçlikparvar kuçlarni kiritiş töğrisidagi qaror Qozoğiston rahbari Töqayevning iltimosiga köra KXŞTga aʼzo davlatlar rahbarlari tomonidan birgalikda qabul qilingan. (Taşkilotga Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston kiradi).
• Kontingent çeklangan muddatga kiritiladi. Maqsad: mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştiriş va normallaştiriş.
• Qozoğistondagi KXŞT kuçlari tartibni tiklamaydi – ularning roli harbiy infratuzilma va boşqa obʼektlarni himoya qilişda.
• KXŞT Qozoğistondagi voqealarni davlat xavfsizligi va yaxlitligiga zöravonlik bilan putur yetkaziş maqsadida taşqaridan qözğatilgan uriniş sifatida baholaydi.
• Barça tinçlikparvar kuçlar operatsiya yakunlanganidan keyin Qozoğistondan olib çiqiladi. Ularning böliş muddati vaziyatga va respublika rahbariyatining qaroriga boğliq böladi.
• KXŞT vaziyatni normallaştiriş uçun Qozoğistonga öz kontingentini jönatiş töğrisida BMT va YEXHTni xabardor qilgan.
KXŞT nizomida belgilanişiça, KXŞTning vazifasi şartnomada iştirok etuvçi davlatlarning hududiy yaxlitligini har qanday taşqi harbiy va siyosiy tajovuzkorlardan, xalqaro terrorçilardan, şuningdek keng kölamli tabiiy ofatlardan himoya qilişdir. Biroq bugungaça namoyişlarda xalqaro kuçlar vakillari qölga olinmagan. Şuningdek, javobgarlikka tortilganlar orasida ham xalqaro terrorçilik taşkilotlariga aʼzolar aniqlanmagan.
Ayni vaqtda xalqaro siyosatçilar Töqayevning KXŞTni mamlakatga taklif qilişini muhokama qilmoqda. Ekspertlar “Qozoğistonning KXŞTning 5 ming kişilik askariga ehtiyoji bormidi?”, degan savolni örtaga taşlamoqda.
Globalfirepower maʼlumotlariga köra, Qozoğiston dunyo mamlakatlarining harbiy salohiyati böyiça reytingida 140 mamlakat içida 61-örinda turibdi. Ayni vaqtda mamlakat qurolli kuçlarida xizmat qilayotgan harbiylar 167 ming nafarni taşkil etadi. Şundan 135 ming nafari faol mehnat layoqatiga ega.
Texnik vositalari:
• havo kuçlari – 38 ta;
• tank – 300 ta;
• zihrli transport vositalari – 1200 ta;
• artilleriya texnikasi – 246 ta;
• raketa otuvçi texnikalar – 407 ta.
Eng qiziği şundaki, KXŞTga aʼzo va bugun Qozoğistonga kirgan mamlakatlarning aksariyati harbiy salohiyat böyiça Qozoğistondan ança ortda. Masalan, Armaniston 100-örinda, Tojikiston 99-örinda, Qirğiziston 93-örinda. Belarus esa reytingda 50-örinni band etgan. Rossiya esa tabiiyki, 2-örinda turibdi. Özbekiston uşbu reytingning 51-örinida bormoqda.









