Namanganda ariqda çömilmaslikni aytgan 50 yoşli erkakni urgan yigitga jinoyat işi oçildi

Namanganda ariqda çömilmaslikni aytgan 50 yoşli erkakni urgan yigitga jinoyat işi oçildi

Namangan viloyati Uçqörğon tumanida 13 iyul kuni 27 yoşli yigit mast holatda 50 yoşli erkak bilan janjallaşib, unga oğir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Maʼlum bölişiça, 2020 yilning 13 iyul kuni soat 01:00 da Uçqörğon tumani «Oqtovlik» MFYda joylaşgan 27 yoşli D.A. spirtli içimlikdan mast holatda Jang ariğida çömilgan. Şu vaqtda ariq oldida joylaşgan xonadonda yaşovçi 50 yoşli K.K. ariq böyiga kelib, D.A.ga yarim keçada mast holatda uning uyi oldida çömilmasligini aytib, haqorat qilgan. Şu sababli D.A. K.K.ning yuz va boş qismiga qöli bilan urib, tan jarohati yetkazgan.Natijada K.K. tuman tibbiyot birlaşmasiga murojaat qilgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, K.K. boş miya yopiq şikasti, boş miya oğir darajali lat yeyişi va qon quyilişi, boş miya öng yarim şari ötkir gigromasi kabi tan jarohatlari olgan va ular oğir tan jarohatlariga kirişi körsatib ötilgan.Holat yuzasidan D.A.ga nisbatan Uçqörğon tumani IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.Eslatib ötamiz, ayni paytda butun hududlari «qizil» bölgan Özbekistonda soat 23:00 dan 07:00 gaça köçada yuriş taqiqlangan.

×