Andijon şahrida fuqaro S.R. tanişi U.M. orqali tovlamaçilik yöli bilan ayol U.A. iştirok etgan intim videotasvirlarni körsatib, ularni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuboriş bilan qörqitgan.
Andijon viloyati IIB xabariga köra, voqea 14 aprelda röy bergan. Şu kuni Andijon viloyati IIB JQB Korruptsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tezkor tadbir ötkazgan va gumondor 300 dollar pulni olgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.









