-51 kg vazn toifasida Özbekiston nomidan JÇ-2021 da Hasanboy Döstmatov 26 oktyabr, seşanba kuni qozoğistonlik Saken Bibossinovga qarşi ringga çiqdi.
Hakamlar 3 raund yakuniga köra qozoğistonlik boksçining 5:0 hisobida ğalaba qozonganini qayd etdi. Şu tariqa Hasanboy Döstmatovning 2,5 yildan söng havaskor boksga qaytişi omadsiz yakunlandi.
Eslatib ötamiz, avvalroq -67 kg vaznda farğonalik boksçimiz Asadxöja Möydinxöjayev hamda -80 kg toifasida Odiljon Aslonov 1/16 finalga yöl olgani haqida xabar bergandik.
Bugun, 26 oktyabr kuni jahon çempionatida yana bir nafar boksçimiz ringga kötariladi:
- 75 kg. Saidjamşid Jafarov — L.Ferneza (Slovakiya) (23:05dan keyin).









