Havaskor boksda Olimpiada va Jahon çempioni Hasanboy Dösmatov 15 iyul kuni ispaniyalik boksçiga qarşi jang qiladi. Bu haqda Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga köra, joriy yilning 15 iyul kuni Tailandning Puket şahrida IBA Champions' Night (Çempionlar oqşomi) turniri bölib ötadi. Unda Özbekiston vakili Hasanboy Dösmatov ispaniyalik Martin Molina Salvadorga qarşi jang qiladi.

Musobaqada 5 karra Jahon çempioni va 2 karra Olimpiya çempioni kubalik Xulio La Kruz hamda uning hamyurti Arlen Lopezning iştiroki ham tasdiqlangan. Mazkur turnirda prof boks qoidalariga asoslangan umumiy 7 ta töqnaşuv, erkaklar örtasida 3 daqiqalik 5 raundli, ayollar örtasida esa 2 daqiqalik 5 raundli bahslar taşkil etiladi.
Şuningdek, öşa kuni Hasanboydan taşqari yana ikki nafar özbekistonlik boksçi, Mujibillo Tursunov va Asadxöja Möydinxöjayevlar ham turnir ğolibligi uçun bahs olib boradi. Ular quyidagi raqiblarga qarşi jang qladi.
-63 kilogramm vazn toifasida Mujibillo Tursunov (Özbekiston) – Xunatip Pidnuç (Tailand):
-71 kilogramm vazndagi Asadxöja Möydinxöjayev (Özbekiston) – Dulat Bekbauov (Qozoğiston).

Maʼlumot uçun, 2022 yilning dekabr oyida Abu-Dabi mezbonligida bölib ötgan IBA Champions' Night turnirida ğolib sportçilar 30 ming dollardan pul mukofotiga ega çiqqandi. Bu safargi musobaqaning mukofot jamğarmasi esa hozirça oçiqlanmagan.









