Prezident öz belgisi va bayroğiga ega böldi

Prezident öz belgisi va bayroğiga ega böldi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Özbekiston Respublikasi Prezidentining belgisi va ştandartiga (bayroğiga) ega böldi. “Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining kafolatlari töğrisida”gi Qonuniga tegişli qöşimça kiritildi.

Qonunda Prezident belgisi va ştandarti (bayroği) tavsifi, ulardan rasmiy foydalaniş tartibi Prezident tomonidan belgilanadi.

Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

Maʼlumot örnida:

Ştandart – maxsus turdagi bayroq. Xorijiy davlatlarda u prezidentlik belgisi (ramzi) hisoblanadi. Ştandart (bayroq) Prezident iştirok etadigan barça muhim tadbirlarda, inauguratsiya (qasamyod qabul qiliş) paytida hamda Prezident qarorgohlarining binolari va xizmat xonalarida kötariladi. 

Prezident belgisi – Prezidentning farqlovçi rasmiy belgisi. Bu belgi Prezidentlik lavozimiga saylangan şaxsni öz lavozimiga yuklatilgan oğir vazifalarni samarali amalga oşirişida xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan işonç belgisi sifatida xizmat qiladi. Prezident belgisi uşbu lavozimga saylangan şaxsga lavozimga kirişiş çoğida u qasamyod qabul qilganidan söng topşiriladi va konstitutsiyaviy vakolat muddati tugagunga qadar Prezidentda saqlanadi.

×