Bugun, 1 sentyabr kuni dunyodagi eng baland inşoot “Burj Xalifa” Özbekiston bayroği ranglarida gavdalanadi.
Özbekistonning Birlaşgan Arab Amirliklaridagi diplomatik vakolatxonasi maʼlumotiga köra, Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Birlaşgan Arab Amirliklarining Dubay şahrida joylaşgan dunyoning eng baland imorati “Burj Xalifa”da Özbekiston bayroği 1 sentyabr kuni Toşkent vaqti bilan soat 21:45da 1 minut davomida namoyiş etiladi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilda ham Özbekistonning Mustaqillik kuni munosabati bilan “Burj Xalifa” kök, oq, yaşil tusga kirgandi.









