Endi Özbekistonda Prezidentning öz belgisi va bayroği böladi. “Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida”gi qonuniga şunga oid özgartiş va qöşimçalar kiritilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida “Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga qöşimça kiritiş haqida”gi Qonun loyihasi muhokama qilingan.
Qonun loyihasini deputatlarga Adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi.
Taʼkidlanişiça, Qonun loyihasi bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovçi belgilari, yaʼni öz belgisi va ştandarti (bayroği) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.
“Xorijiy davlatlarda Davlat rahbarining öz belgisi va ştandarti yangi saylangan Prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topşirilişi belgilangan. Özbekiston Respublikasi qonunçiligida uşbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunçilikni tegişli mazmundagi norma bilan töldiriş taklif etilmoqda.
Uşbu tartib lavozimga saylangan şaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oşirişiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan işonç belgisi sifatida xizmat qilişi taʼkidlandi”, deyiladi xabarda.
Davlat rahbarining öz belgisi va ştandarti(bayroği)ni belgilaş böyiça qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi joriy yilning 24 oktyabr kuni bölib ötadi. Prezident sayloviga Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Şavkat Mirziyoyev, Xalq demokratik partiyasidan Maqsudova Vorisova, Ekologik partiyasi Narzullo Oblomurodov, “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Alişer Qodirov, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov nomzodlari ilgari surilgan.









