Avvalroq, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bugun, 5 yanvardan eʼtiboran qisqa muddatli taʼtilga çiqqani haqida xabar bergan edik.
Barçada birdek qiziqiş uyğotadigan bir jihat bor: Özbekiston Prezidenti taʼtildaligida davlat işlariga kim boş böladi? Mamlakat qonunçiligida bu borada nimalar deyilgan?
Avvalo şuni taʼkidlaş kerakki, “Özbekiston Respublikasi Prezidenti faoliyatining asosiy kafolatlari töğrisida”gi Qonunning 4-moddasiga binoan, Prezidentga muddati 36 iş kunidan iborat yillik haq tölanadigan taʼtil beriladi.
Konstitutsiyaning Özbekiston Respublikasining Prezidenti töğrisidagi XIX bobida davlat rahbarining taʼtili haqida biror band keltirilmagan.
Bobdagi 96-moddada Özbekiston Respublikasining amaldagi Prezidenti öz vazifalarini bajara olmaydigan holatlarda uning vazifa va vakolatlari vaqtinça Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining (hozirda Tanzila Norboyeva) zimmasiga yuklatilişi belgilangan, xolos.
Şu örinda qayd etiş kerakki, bu Şavkat Mirziyoyevning davlat rahbari sifatida uçinçi bor taʼtilga çiqişi. U 2019 yil avgust oyida ham taʼtil olgandi. Öşanda bu Şavkat Mirziyoyevning Boş vazirlik va Prezidentlikdagi ilk taʼtili ekani taʼkidlangan. Yaʼni, Şavkat Mirziyoyev 17 yil içida – 14 yil Hukumat rahbari va 3 yil davlat rahbari sifatida biror marta taʼtilga çiqmagan/









