Prezident saylovi: taşviqot işlari boşlandi. Nomzodlar qanday huquqlarga ega?

Prezident saylovi: taşviqot işlari boşlandi. Nomzodlar qanday huquqlarga ega?

Bugun, 20 sentyabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi taşviqotiga start berildi.

Hozirgaça Özbekistondagi beşta siyosiy partiya öz nomzodlarini körsatib bölgan. Bular:

•    Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasidan Alişer Qodirov;

•    Özbekiston Ekologik partiyasidan Narzulla Oblomurodov.

•    Özbekiston Xalq demokratik partiyasidan Maqsuda Vorisova;

•    Özbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan Bahrom Abduhalimov;

•    Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal demokratik partiyasidan Şavkat Mirziyoyev.

Nomzodlar joriy yilning 14 sentyabr kuni Markaziy saylov komissiyasi qaroriga muvofiq, röyhatga olindi.

Özbekiston qonunçiligiga binoan prezidentlikka nomzodlar huquqlari kafolatlari, xususan, saylovoldi taşviqotini olib boriş huquqi ular Markaziy saylov komissiyasi tomonidan röyxatga olingan kundan eʼtiboran boşlanadi. QALAMPIR.UZ prezidentlikka nomzodlar taşviqot olib borişda qanday huquq va majburiyatlarga ega ekanligi haqida qonunçilikda nima deyilganiga eʼtibor qaratdi.

Nomzodlar saylovoldi taşviqotini qanday olib boradi?

Özbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 41-moddasiga köra, Markaziy saylov kamissiyasi tomonilan röyxatga olingan barça nomzodlar teng huquqlarga ega böladi. Darhaqiqat, nomzodlar saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkaziş, saylovoldi yiğilişlarida, televideniye va radio orqali sözga çiqiş davrida işlab çiqariş yoki xizmat vazifalarini bajarişdan örtaça oylik iş haqi saqlangan holda ozod böliş huquqiga ega. Uşbu qoida bilan boğliq norma Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasida ham belgilangan.

Saylovoldi taşviqot deganda saylov kampaniyasi davrida amalga oşiriladigan va saylovçilarni nomzodni yoki siyosiy partiyani yoqlab ovoz berişga undaşga qaratilgan faoliyati hisoblanadi. Saylovoldi taşviqoti nomzodlarni röyxatga oliş uçun belgilangan oxirgi kunning ertasidan eʼtiboran boşlanadi. Saylov kuni va ovoz berişga bir kun qolganida barça saylovoldi taşviqotlar töxtatiladi.

Bukndan taşqari taşviqotni saylovçilarga bepul yoki imtiyozli şartlarda tovarlar beriş, xizmatlar körsatiş (axborot xizmatlaridan taşqari), şuningdek pul mablağlari tölaş bilan qöşib olib boriş taqiqlanadi.

Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarga, siyosiy partiyalarga Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadigan tartibda ommaviy axborot vositalaridan foydalanişda teng huquq beriladi. Maʼlumki, ommaviy axborot vositalari u yoki bu nomzodning muvaffaqiyat qozonişida muhim rol öynaşi mumkin. Çunki saylovoldi uçraşuvlari va yiğilişlarida yuzlab saylovçilar iştirok etsa, ommaviy axborot vositalari orqali millionlab saylovçilarga maʼlumot yetkazib beriladi. Şu sababli prezidentlikka nomzodlarning, siyosiy partiyalarning barçasi öz saylovoldi taşviqotini yuritişi uçun OAVdan foydalanişda teng huquqqa egaligi kafolatlangan.

Şuningdek, Saylovoldi taşviqotini ötkazişdan maqsad Prezidentlikka nomzodlarning içki va taşqi siyosat, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼnaviy sohalarga oid muammolarni hal qiliş yöllari va bu tarmoqlarni rivojlantirişga qaratilgan rejalari ifoda etilgan faoliyat dasturi bilan çiqişi saylovçilarni özlariga jalb qiliş, öz tarafdorlarini köpaytiriş imkonini berişdan iboratdir.

Quyidagilarning saylovoldi taşviqotini olib borişi taqiqlanadi:

•    davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining;
•    Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari harbiy xizmatçilarining, Özbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, boşqa harbiylaştirilgan bölinmalar, huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining, sudyalarning;
•    saylov komissiyalari aʼzolarining;
•    diniy taşkilotlar professional xizmatçilarining.
•    Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlarining mansabdor şaxslariga öz mansab va xizmat mavqeidan saylovoldi taşviqoti vaqtida har qanday siyosiy partiyaning yoki nomzodning foydasiga yoxud unga qarşi foydalanişi taqiqlanadi.

Taşviqot quyidagiça tarzda olib boriladi:

•    siyosiy partiyaning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi töğrisidagi axborotni özining deputatlikka nomzodlarini yoqlab ovoz berişga daʼvat etgan holda tarqatiş;
•    Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning dasturi va (yoki) saylovoldi platformasi töğrisidagi axborotni nomzodni yoqlab ovoz berişga daʼvat etgan holda tarqatiş;
•    nomzod töğrisidagi axborotni uni yoqlab ovoz berişga daʼvat etgan holda tarqatiş.
•    Taşviqot omma oldida oçiq munozaralar, bahslar, matbuot konferentsiyalari, fuqarolarning yiğilişlari, intervyular, ommaviy axborot vositalarida çiqişlar, roliklarni joylaştiriş şaklida olib borilişi mumkin.

Taşviqot:

•    ommaviy axborot vositalari, telekommunikatsiya tarmoqlari, şuningdek Internet jahon axborot tarmoği orqali;
•    bosma, körgazmali, audiovizual va boşqa taşviqot materiallarini (plakatlar, varaqalar va boşqa materiallarni) çiqariş hamda tarqatiş orqali;
•    saylovçilar bilan uçraşuvlar ötkaziş orqali amalga oşiriladi.

Prezidentlikka nomzod röyxatga olinganidan keyin Özbekiston Respublikasi hududi doirasida davlat yölovçilar transportining barça turlarida (şahar yölovçilar transportidan, taksidan va transport boşqa turlarining buyurtma yönalişlaridan taşqari) tekinga yuriş huquqiga ega böladi. Nomzodlarning xizmat safari va boşqa xarajatlari saylovni ötkaziş uçun ajratilgan mablağlar hisobidan tölanadi.

Maʼlumot uçun, notöğri axborotni, şuningdek, nomzodlarning şaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan maʼlumotlarni tarqatiş taqiqlanadi. Uşbu harakatlar uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi 51-6-moddasida javobgarlik belgilangan. Bundan taşqari, Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 51-4-moddasida nomzodning, işonçli vakilning, kuzatuvçining yoki siyosiy partiya vakolatli vakilining huquqlarini buzganlik uçun ham javobgarlik belgilangan.
 

×