Ofitsiantlik qilayotgan Özbekiston çempioni: «Pul topiş uçun hammasiga roziman, faqat fohişalikka emas!»

Ofitsiantlik qilayotgan Özbekiston çempioni: «Pul topiş uçun hammasiga roziman, faqat fohişalikka emas!»

Atrofimizda faoliyati muhim, lekin biz buni yaxşi bilmaydigan kasb egalari köp. Ular ham jamiyatimizning bir qismi. Biroq gohida ayrim insonlar ular bilan muloqot qilgani or qiladi. Uyaladi! Ammo ular ham odam. Inson! Ularning ham köngli, his- tuyğulari bor.

«Daryo» ijtimoiy hayotda öz örniga ega, biroq jamoatçilik eʼtiboridan köpinça çetda qoladigan kasb egalari bilan suhbat qildi. Loyihaning bu galgi qahramoni ofitsiantlik qilayotgan qiz.

Suhbatdoşimizning iltimosiga köra, ism-şarifi hamda şaxsini oşkor etişi mumkin bölgan boşqa maʼlumotlar özgartirildi.

Ismim Madina. Yaqinda 23 yoşga tölaman. Oilada 2 ta qizmiz: opam va men. Onambizni bir özi katta qilgan. Hozir şahar obodonlaştiriş bölimida işlaydi. Ötgan yili öqişga topşirib, şartnoma asosida öqişga kirdim, lekin şaroitimiz yöqligi uçun öqiy olmadim. Keyin onamning yonida işlay boşladim. Ötgan yilibankdan katta kredit olib, opamni turmuşga uzatdik. Şuning uçun yana qöşimça iştopişga töğri keldi. Hozir şaharni markazida joylaşgan kafeda ofitsiantlik qilyapman.

Kun tartibim juda qiziq. Har kuni sahar soat 4 larda turib obodonlaştirişdagiişimga boraman. Köçalarni supuramiz, tozalaymiz. U yerdagi işlarimni bitirib, soat 8:30 larda kafega kelaman. Keyin keçki soat 10 largaça ofitsiantlik qilaman. Hozir köproq pul bölsin, deb idiş-tovoqlarni ham yuvyapman. Oladiganpulimga kelsak, kuniga 30 ming sömga işlayman. Yana yöl haqi uçun ham uç ming söm qöşib berişadi. Yeb-içişim kafe hisobidan. Lavaş, hoddog—«fast fud»larni yeb kunim ötadi. Baʼzida ovqat ham qilib berişadi. Xullas, bu yerda oç qolmayman.

Men ham odamman!

Bilasizmi, kafega turli xil feʼl-atvorli odamlar keladi. Işim tufayli hammasi bilan muloqotda bölaman. Masalan, kimdir yaxşi muomala qilib singlim qarab yuboring, desa, kimdir esa huştak çalib, hey qaravor, deydi. Ayniqsa, yoşi katta ayollar bizga juda qöpol munosabatda böladi. Yoş yigitlar ham odamlar oldida özini körsatgisi keladimi, bilmadim... Gohida bizni odam örnida körişmaydi. Jerkib, ovozini kötarib gapiradi.

Boşida juda qattiq xafa bölardim. Axir men ham hamma qatori insonmanku, aybim ofitsiantligimmi yo ularga xizmat qilganimmi? Şunça behurmatlikni örniga yaxşi gapirişsa nima qiladi? Yoki biror joyi kamayib qoladimi? Axir, «sen» ham, «siz» ham bir oğizdan çiqadiku, deb hojatxonaga kirib olib rosa yiğlardim. Lekin... yana özimni qölga olib, mijozlarni yoniga borib xizmatimni qilib ketaverardim.

Yaxşimi, yomonmi xaridor hamişa haq!

Bilasizmi, dunyoda eng yomoni nima? Sizni behurmat qilgan insonga yana borib xizmat qilişingiz, qança yomon gapirsa ham bir söz deyolmay jim turişingiz, gaplariga yaraşa javob qaytarişga yoki qovoq solişga haqqingiz yöqligi... Qoidaga köra, xaridor hamişa haqligi, oçiği, juda alam qiladi.

Lekin har qanday vaziyatda ham özimni bosib, kulib muomala qilişga harakat qilaman. Şu paytgaça biror marta qöpollik qilmaganman. Agar qarşilik körsatsam yoki biror ortiqça gap gapirsam işimdan ayrilaman. Lekin bizni kattaqarzlarimiz bor. Uzişim şart. Bölmasa onamni bir öziga juda qiyin böladi. Şuning uçun tişimni tişimga qöyib, heç narsa bölmaganday xizmatimni qilib ketaveraman.

Ofitsiant ayollar yengiltakmi?

Inkor qilmayman, işimizda bunday ayollar bor. Menimça, bu odamni kasbiga emas, balki tabiatiga boğliq bölsa kerak. Işimizda doim kulib yaxşi gapirib turganimizgami, bilmadim, hammani «şunaqa» deb öylaşadi. Lekin beş qöl barobar emas. Afsuski, köpinça ularning kasriga biz qolamiz. Baʼzilar gohida köçada yurganimizda ham yomon qizga qaraganday qaraydi. Eʼtibor qilmaslikka harakat qilaman.

Hayotda jiddiy qizman. Sport bilan şuğullanganman. Şuning uçun tegajoğliq qilişlariga imkon bermayman. Agar işda mijozlar şaxsiy savollar berişni boşlasa, «Keçirasiz biron nima ‘zakaz’ qilasizmi?» deb gapini bölaman. Agar yana xuşomad qilaversa, şart ketvoraman. Urişib yo tortişib ötirmayman. Keyin kafedagi boşqa ofitsiant yigitlar ham meni bu borada xafa qildirib qöymaydi.

Pul topiş uçun hammasiga roziman, faqatfohişalikka emas

Heç kim özi xohlab birovni xizmatini qilmaydi. Begonalarning qöpol muomalasiga çidamaydi. Lekin odam boşiga tuşmaguniça his qilmas ekan. Bilasizmi, kuniga 3-4 soatgina uxlayman, xolos. Oxirgi paytlarda jismoniy mehnat, ayniqsa, odamlarning gapi oğirlik qilyapti. Baʼzan şunday uyquga zor bölaman, çarçaganimdan iş payti stolda ötirib uxlab qolaman. Şunaqa paytlar bor-e, deb hammasini taşlab ketvorgim keladi. Lekin qiynalayotgan onam, böynimizda turgan qarzlar köz oldimga kelib özimni bosaman.

Özim bilan özim gaplaşaman, tasalli beraman. Çunki insonga eng yaxşi döst bu uning özi ekan. Bugun hammaning dardi öziga yetarli...

Bu dunyoda onamdanda qadrli kişim yöq. Bilasizmi, men qarzlarimizdan qutulib,onam yaxşi yaşaşi uçun, mayli, har qanday muomalaga çidayman. Pul topiş uçun har qanday işga tayyorman, lekin fohişalikka emas.

Töğri, hozir yaşaş qiyin. Muhtojlik, ilojsizlik nima ekanligini juda yaxşi bilaman. Lekin bu oson yöl qidirib, xarom işlar qiliş kerak degani emas. Hoyu-havas deb u dunyoni boy bermaslik kerak. Bunga heç qaçon rozi bölmayman.

Işonaman, boşimdan ötkazayotganlarim şunçaki sinov, qiyinçiliklar abadiy emas. Xudo xohlasa, hammasi ötib ketadi.

500 sömlik çoy puli

Odatda bizda heç kim çoypuli qoldirmaydi. Lekin baʼzan mijozlarning 500 yoki 1000 söm qaytimni olib çiqqunimça, qolaversin singlim deb ketib qolişadi. Ammo pullarni özimga olib qolmayman. Hammasini kassaga topşiraman. Şuning uçun har kuni yölkiramga uç ming söm beradilar.

Topiş-tutişim yomon emas. Obodonlaştirişdan 650 ming söm va kafedan esa 800 mingga yaqin pul olaman. Hammasi kreditimizga ötadi.

Sport — mening hayotim

Bolaligimdan sport bilan muntazam şuğullanaman. Bir neça yil oldin qöl jangiböyiça Özbekiston çempioni bölganman. Sport mening yarmim. U meni ğazabimni bosişga, irodali bölişga örgatdi. Şuning uçun sportsiz  hayotimni tasavvur qilolmayman.

Biroq musobaqalarning birida sparingda qattiq jarohat olganman. Şuning uçun hozir oqsoqlanib yuraman. Lekin bu meni sportdan qaytarmaydi. Ançadan buyon jarohatimni davolaş uçun suv polosi bilan şuğullanyapman. Terma jamoaaʼzosiman. Maşğulotlarimiz har kuni, lekin işlayotganim sababli haftada 2 marta boraman. Xudoga şukr, kafedagi boşliğimiz juda tuşungan inson. Haftada ikki kun tuş paytida sport zalga borişimga ruxsat beradi.

Bilasizmi, sportdan kuç olaman, şuğullanib şunday mazza qilaman. Butun oğriqlarim, alamlarim, nafratlarim— hammasi esimdan çiqib ketadi. Şuning uçun sportni juda yaxşi köraman.

Meni ham ular kabi bölişni istayman

Hozir tengdoşlarim oliygohlarda tahsil olyapti, kimdiri esa yangi kelinçak... mazza qilib yoşlik davrini surib yuribdilar. Men ham ular kabi universitetlarda öqişni, bir oilaning bekasi bölişni xohlayman.

Lekin kreditlarimiz uzilgunga qadar qalbimdagi bor orzularimni, his-tuyğularimni yiğiştirib qöyişga majburman. Çunki hozir orzularim tomon boradigan bölsam, onam bir özi qiynalib qoladi. Özi bir yili ketib, 2 yili qoldi. Xudo xohlasa, qarzlardan qutulsak, hammasi zör böladi.

Kelajakda sport yölidan ketiş niyatidaman. Maşhur sport murabbiyi bölaman, agar bunga erişolmasam psixolog bölaman. Ertaga kim bölsam ham katta inson bölaman. Şunda onam heç narsaga zoriqmay yaşaydi. Keyin onamni hajgajönataman.

Odamlardan nafratlanmayman

Ulğayganim sari odamlardan xafa bölmay qöydim. Qöli kesilgan odam oğriqni faqat özi bilganidek, insonlar ham öşa vaziyatga tuşmaguniça dardni his qilolmas ekan. Lekin men ularni töğri tuşunişga harakat qilaman.

Angladimki, insonlar alamini doim boşqalardan olişga moyil ekan. Şuning uçun kimdir qöpol muomala qilsa, könglimni oğritsa, balki oilasida tinçlik yöqdir, kim bilandir urişgandir yo işi öxşamay asabiylaşib qolgan, şuning uçun hozir mendan alamini olyapti, deb öylayman. Çunki işonaman, odamlar bir-biriga heç bir sababsiz ziyon yetkazmaydi, dilozorlik qilmaydi.

Hayotimdan esa sira nolimayman. Nolib nimayam qilardim. Yiğlaganim yoki dod solganim bilan nimadir özgararmidi, undan köra har bergan kuniga şukr qilib yaşayman. Onam bor, tört muçam soğ ekan men dunyodagi eng boy va baxtli odamman!

Xonzodabegim Aʼzamova suhbatlaşdi

×