21 yil muqaddam qotilligi uçun umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan amerikalik millioner Robert Durst (Robert Durst) yana bir jinoyatda ayblanmoqda. Bu haqda Associated Press (AP) xabar bergan.
19 oktyabr kuni Nyu-York ştati Lyuisboro şahar sudi 78 yoşli magnatning 1982 yilda ğoyib bölgan rafiqasi Keti Durst (Kathie Durst)ning qotilligi böyiça iş oçdi. Huquqni muhofaza qiliş organlari jinoyatni Robert Durst sodir etgan deb hisoblamoqda. Vestçester okrugi prokuraturasi bu borada izoh berişdan boş tortgan.
Agentlikning ismi oşkor etilişini xohlamagan manbaga köra, hakamlar hayʼati tuzilgan va hozirda guvohlarning körsatmalari tinglanmoqda. Sud jarayoni bir neça hafta davom etişi kutilmoqda, marhumning qarindoşlari va döstlari körsatma berişadi.
Oktyabr oyi boşlarida Los-Anjeles sudi Durstni 21 yil muqaddam sodir etgan qotillikda ayblab, umrbod qamoq jazosiga hukm qilgandi. 100 million dollarlik boylikka ega bölgan tadbirkor 2001 yilda yaqin tanişi Syuzan Bermanni öldirganlikda aybdor deb topilgan. Ayol tadbirkorning xotini ğoyib bölişi işi böyiça politsiyaga guvohlik berişidan sal oldin uyida boşidan öq jarohati izlari bilan ölik holda topilgan. Uzoq yillar davomida Durstning özi ayoliga nima bölganini va Bermanni kim öldirganini bilmasligini daʼvo qilib kelgan.
HBO telekanalining «Milliarderning sirlari. Robert Durstning hayoti va ölimi» (The Jinx) hujjatli serialini suratga oliş paytida aytgan sözlari millionerning aybdorligini isbotlovçi dalillardan biriga aylangan. Tanaffus paytida tadbirkor hojatxonaga borgan va u yerda bir neçta jumlalarni aytgan: «Ana, qölga tuşding. Nima qilib qöydim, jin urgir? Albatta, hammasini öldirganman». Bu paytda uning mikrofoni yoqilgan bölgan va barça aytgan sözlari yozib olingan.









