10 fevral kuni, Namangan viloyati, Pop tumanida yaşovçi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Unda şu kuni yaşaş uyi darvoza eşigi oçiq qolganligidan foydalangan nomaʼlum şaxs, yotoqxonasidagi javon ustida bölgan narxi 13.000.000 sömlik tilla taqinçoqlarini öğirlab ketganligini maʼlum qilib, çora körişni söragan.
Qöl barmoq izlari viloyat IIB EKB şaxsni identifikatsiya qiliş tizimida tekşirilganida, uşbu izlar, Namangan şahrida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan ayolga tegişli ekanligi aniqlangan. Suriştiruv harakatlari natijasida, uşbu jinoyatni şu ayol sodir etgani öz tasdiğini topgan.
Uşbu holat böyiça Pop tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Öz.R JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat qözğatilgan.









