Şu yilning 9 sentyabr kuni soat taxminan 04:30 larda Namangan tumani tibbiyot birlaşmasining tuğruq kompleksiga qaraşli binoning orqa xovlisidan fuqaro D.X. (1996 y.t.) va M.T.(1997 y.t.) larning 02.09.2019 yilda tuğilgan qiz çaqaloqlari tirik holda topilib, jonlantiriş bölimiga yotqizilgan, biroq, şifokorlar tomonidan körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan çaqaloqlar vafot etişgan. Bu haqda Boş Prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aniqlanişiça, 09.09.2019 yil soat taxminan 03:30 larda fuqaro D.X. 02.09.2019 yilda tuğilgan farzandini oldiga kirib, uni oyoqlari notekis (nuqsonli) tuğilganligidan aççiqlanib, undan qutiliş maqsadida öz çaqaloği bilan birgalikda, kelgusida sodir etayotgan qilmişi foş bölib qolişini oldini-oliş maqsadida şu xonada yotgan M.T.ning qiz çaqaloğini ham olib, deraza oynasi orqali ularni tuğruq kompleksining 2-qavatidan pastga uloqtirib yuborgan. Oqibatda çaqaloqlar oğir tan jarohatlari olişgan.
Mazkur holat yuzasidan 09.09.2019 yilda tuman prokuraturasi tomonidan fuqaro D.X.ga nisbatan JKning 97-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari hamda tuman tibbiyot birlaşmasiga qaraşli tuğruq kompleksi masʼul şaxslariga nisbatan 116-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. D.X. protsessual tartibda uşlangan.
Dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.









