Ukraina hukumati 14 iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan tinçlik loyihasini rad etgan. Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatçisi Mixail Podolyak bergan bayonotga asoslanib, Anadolu maʼlum qildi.
Kiyev rasmiylari yangi tinçlik taklifini mamlakat manfaatlariga mos kelmagani uçun rad etgan. Ukraina hududlaridan voz keçiş evaziga tuziladigan tinçlik şartnomasini qabul qila olmasligi aytilgan.
“Rossiyada yangi tinçlik takliflari yöq. Rossiya rahbariyati voqelikni yetarliça baholay olmayapti”, — degan Ukraina prezidenti maslahatçisi Mixail Podolyak X tarmoğida qoldirgan postida rad etilgan loyiha tafsilotlari haqida munosabat bildirib.
Avvalroq Vladimir Putin Moskvada Taşqi işlar vazirligi xodimlari bilan uçraşuvda Rossiya Kiyevga navbatdagi “aniq, haqqoniy tinçlik taklifi” loyihasini topşirişi haqida maʼlum qilgan edi. Uşbu yangi takliflar frontdagi vaziyat va fuqarolarning erkin tanlovini inobatga olib işlab çiqilişi vaʼda qilingan.
“Agar Kiyev va Ğarb davlatlari bu taklifni avvalgidek rad etsa, qon tökilişining davom etişi uçun siyosiy va maʼnaviy javobgarlik ularning gardanida böladi”, — degan Rossiya rahbari.
Kiyev rasmiylari ham, Moskva hukumati ham yangi takliflarning töliq tafsilotlarini oşkor qilmagan. Ukrainaning eʼtiroziga sabab bölgan hududiy masalalar mavzusi yopiq qoldirilgan.









