Hokim Namanganda tadbirkorlikka tösiq bölayotgan muammolarni tan oldi

Hokim Namanganda tadbirkorlikka tösiq bölayotgan muammolarni tan oldi

Namangan viloyati hokimi, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi  Senati aʼzosi Xayrullo Bozorov tadbirkor va işbilarmonlar bilan uçraşdi.

Videoselektor tarzida ötkazilgan tadbirda şahar va tumanlardagi studiyalarda hokim, hokim örinbosarlari, tegişli kotibiyatlar hamda boşqarmalar rahbarlari, kiçik biznes, tadbirkorlik subʼektlari vakillari iştirok etdilar.

“Har bir tadbirkorga – kömakdoş, yelkadoş va madadkormiz!” şiori ostida ötkazilgan uçraşuvda yurtimizda sönggi yillarda olib borilayotgan islohotlar, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş, kiçik va örta biznesni rivojlantirişga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani taʼkidlandi.

– Nafaqat özini va oilasini, balki, xalqni ham, davlatni ham boqadigan tadbirkorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularga xalaqit berayotgan tösiqlarni butunlay olib taşlaş Prezidentimiz tomonidan biz rahbarlarning oldiga qöyilgan asosiy vazifadir, – deydi viloyat hokimi Xayrullo Bozorov. – Biroq, şunga qaramasdan, tadbirkorlikni yanada rivojlantiriş yölidagi barça tösiq va ğovlarga töliq barham berilmagani, joylarda hokimliklar, davlat organlari idoralari tomonidan iqtisodiyotimizning uşbu muhim yönalişiga baʼzi holatlarda yetarli eʼtibor berilmayapti. Ayniqsa, tadbirkorlarga yer, bino va inşoot, kredit ajratiş, xomaşyo bilan taʼminlaş, kommunikatsiya tizimlariga ulanişga ruxsatnoma berişdagi sansalorlik davom etayotganidan köz yumib bölmaydi.

Murojaatnomada viloyatda sönggi uç yilda erişilgan natijalar hamda iqtisodiy va investitsion körsatkiçlar tahlil qilingan. Qayd etildiki, kiçik biznes va oilaviy tadbirkorlikni, klasterlar va qişloq xöjaligi sohasini rivojlantiriş böyiça dasturlar doirasida közda tutilgan loyihalarga tijorat banklari tomonidan joriy yilning ön oyida 3,8 trillion sömdan ziyod kredit ajratildi. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 1,6 martaga ortdi. Şundan ajratilgan imtiyozli kreditlar miqdori 1 trillion sömni taşkil etdi. Natijada sanoat, xizmat körsatiş va qişloq xöjaligi yönalişida yangi quvvatlarni foydalanişga topşiriş hisobiga 20 mingdan ortiq yangi iş örni yaratildi.

Kiçik biznes viloyat yalpi içki mahsulotining qariyb 80 foizini, sanoat mahsuloti hajmining 76 foizini, çakana savdo aylanmasining 88 foizini va qişloq xöjaligi mahsulotining 98 foizini taşkil etmoqda. 2019 yil 9 oyi davomida sanoat korxonalari tomonidan 6 trillion 385 milliard sömlik sanoat mahsulotlari hamda 4 trillion 100 milliard sömlik xalq isteʼmol mollari işlab çiqarildi.

Viloyatda paxta yetiştiriş böyiça 4 ta klaster korxonasi taşkil etilib, ularga 8 ta tumandagi fermer xöjaliklari biriktirib berildi. Ğallaçilikda esa 2020 yildan boşlab 2 ta klaster korxonasi 3 ta tumanni öz tasarrufiga oladi. Klaster yönalişida “Art Soft Holding” masʼuliyati çeklangan jamiyati tarkibida 18 ta qöşma korxona taşkil etiş evaziga 2019-2022 yillarda umumiy qiymati 114,2 million dollarga teng investitsiya loyihalari amalga oşiriladi. Şuningdek, çorvaçilik, parrandaçilik, baliqçilik va boşqa sohalarda ham klaster korxonalarini taşkil etiş va faoliyat yuritişlari uçun yetarli şaroitlarni yaratib beriş borasida katta işlar amalga oşiriladi.

Istiqbolda sanoatni barqaror rivojlantiriş masalalariga alohida töxtalgan viloyat hokimi Uçqörğon, Töraqörğon va Namangan tumanlarida yuqori qöşilgan qiymatga ega tayyor töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş, meva-sabzavotçilik yönalişidagi katta salohiyatini hisobga olib Kosonsoy, Namangan, Töraqörğon, Uçqörğon, Çortoq va Yangiqörğon tumanlarida meva-sabzavotni çuqur qayta işlaş sanoatini yölga qöyiş, quriliş materiallari işlab çiqariş böyiça muayyan ustuvorliklarga ega bölgan Kosonsoy, Töraqörğon, Pop va Çust tumanlaridagi yer qazilma konlaridan foydalangan holda, hududlararo loyihalarni amalga oşiriş maqsadida quriliş sanoati industriyasi rivojlantiriladi.

Akramjon Sattorov,

jurnalist.

viloyat hokimligi axborot xizmati suratlaridan foydalanildi.

© namangan24.uz

×