Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Toşkent şahrida saylovçilar bilan uçraşmoqda. Amaldagi davlat rahbari bundan buyon asosiy qurilişlar şahar hududiga joriy yilda qöşib berilgan 8 ming gektar yerda amalga oşirilişini taʼkidlab ötdi.
— Agar biz Toşkentda yana beş yil şunaqa bosib-bosib quriliş qilsak, odamlar nafas ola olmay qoladi. Şuning uçun şaharni kengaytiramiz, yangi qöşilgan yerlarda asosiy qurilişlarni amalga oşiramiz.
Poytaxtning arxitekturasi va qiyofasini saqlab qoliş maqsadida, uşbu hududda «Yangi Toşkent» kontseptsiyasi amalga oşiriladi va bosqiçma-bosqiç şahar şarqiy yönalişga qarab kengaytiriladi, — dedi Şavkat Mirziyoyev.
Taʼkidlanişiça, Bektemir tumanida 20 ming xonadonli zamonaviy massiv barpo etilib, boğça, maktab, tibbiyot muassasasi va dam oliş markazlari quriladi.
Yangihayot tumanida infratuzilmaga yaqin hududda, yirik massiv şaklida 200 ta köp qavatli uylar qurilib, 10 mingdan ortiq oilaning turmuş şaroiti yaxşilanadi.
Toşkent şahriga qöşilgan hududlarni yaşaş uçun har tomonlama qulay qiliş maqsadida, alohida dastur qabul qilinib, bu yerda istiqomat qilayotgan 100 mingdan ziyod aholining yaşaş şaroiti yaxşilanadi.
Şuningdek, uşbu hududlarda yangi korxonalar, sanoat zonalari, aholi dam oliş maskanlari, iqtisodiy va ijtimoiy obʼektlar quriladi.









