Özbekistonda iş joyidagi tazyiq va zöravonlik holatlari haqida xabar qiliş böyiça onlayn murojaat portali işga tuşiriladi. Bu haqda keça, 21 sentyabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyevning “Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini taʼminlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 345-sonli qarorida söz boradi.
Qarorga köra, davlat organlari va taşkilotlarida, ustav kapitalida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarda hamda ustav kapitalida uşbu yuridik şaxslarning uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan yuridik şaxslarda, şuningdek, mulkçilik şaklidan qatʼi nazar boşqa korxona, taşkilot va muassasalarda Mehnat sohasida xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhitini taʼminlaş dasturi (Dastur) bosqiçma-bosqiç joriy etiladi.
Şuningdek, 2026 yil 1 dekabrgaça Boşqaruv samaradorligi agentligining (Agentlik) axborot tizimlarida davlat organlari va taşkilotlari uçun quyidagi imkoniyatlarga ega “Xavfsiz va hurmatga asoslangan iş muhiti” axborot portali (Portal) işga tuşiriladi. Portalga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- Axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda tazyiq va zöravonlik holatlariga oid murojaatni onlayn qabul qiliş;
- davlat organlari va taşkilotlarida Portalni yuritiş uçun masʼul xodimlar (masʼul xodimlar), ularning bevosita rahbarlari yoki davlat organlari va taşkilotlari mansabdor şaxslari tomonidan sodir etilgan tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça murojaatlarni avtomatik tarzda davlat organlari va taşkilotlarining yuqori turuvçi instantsiyasiga jönatiş;
- tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça murojaatlarni tekşiriş, dalillarni töplaş, xulosalar tayyorlaş, axborot almaşinuvi va muloqotlarni Portal orqali amalga oşiriş;
- tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça tekşiruvlar ötkazilişi, ularning natijalari, körilgan çoralar hamda ularning özgartirilişi bilan boğliq jarayonlarga oid maʼlumotlarni Portalda saqlab qoliş va ularning yöq qilinişiga yöl qöymaslik;
- tazyiq va zöravonlik holatlari böyiça maʼmuriy huquqbuzarlik yoki jinoyat alomatlari mavjud bölgan hollarda murojaatlarni “112” yagona dispetçerlik xizmati orqali qonunçilikda belgilangan tartibda vakolatli organga yuboriş va boşqalar.
Bundan taşqari, Agentlikka davlat organlari va taşkilotlarida Dastur doirasida belgilangan qoidalar aniq va bir xilda ijro etilişini taʼminlaş maqsadida Portal orqali monitoring qiliş natijasida aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etiş böyiça körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş vakolati beriladi.
Şuningdek, davlat organlari va taşkilotlarining mehnat jamoalariga içki mehnat tartibi qoidalari doirasida qonunçilikda belgilangan tartibda aniqlangan jinsiy yoki jismoniy zöravonlik, şahvoniy şilqimlik holatlarini mehnat majburiyatlarini bir marta qöpol buziş sifatida baholaşni belgilaş tavsiya etilgan.
Xodim tarafidan yoki xodimga nisbatan sodir etilgan tazyiq, ruhiy bosim, kamsitiş holatlari hamda murojaat munosabati bilan taʼqib qiliş holatlarini esa mehnat intizomini buziş sifatida baholaşni belgilaş qayd etilgan.









