Ijtimoiy tarmoqlarda «Şahar bedarvozami, kim böldi bu erkatoylar?» sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB maʼlumot berdi.
Joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 22:50 larda, Toşkent şahar, Yunusobod tumani, A.Navoiy köçasida haydovçi, 1991 yilda tuğilgan J.K. «Lacetti» rusumli, 01 168 WFA davlat raqam belgili avtomobilda xavfli manyovrlar bilan, ruxsat etilmagan bölsada transport vositasiga yalt-yalt yonuvçi mayoqçalar örnatgan holda harakatlangan vaqtda uşbu köçada xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Ahmadjanov tomonidan töxtatilgan. Tekşiruv davomida avtomobil yon oynalarining tusi tegişli ruxsatnomasiz qoraytirilganligi ham aniqlangan. Haydovçi YPX xodimining qonuniy talablarini bajarmagan.
Unga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi Kodeksning 126, 128⁵, 135 hamda 194-moddalari tartibida maʼmuriy bayonnoma rasmiylaştirilgan va avtomobil vaqtinça saqlaş uçun jarima maydoniga qöyilgan.









