Özbekistondagi eng kambağal xonadonlar soni maʼlum qilindi

Özbekistondagi eng kambağal xonadonlar soni maʼlum qilindi

Özbekistonda jami 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini eng ehtiyojmand oilalar hisoblanadi. Bu haqida Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva yalpi majlis davomida maʼlum qildi.

Senat raisining sözlariga köra, bugungi kunda kam taʼminlangan, ehtiyojmand aholi röyxati şakllantirilgan bölib, respublika böyiça 7 mln 192 mingdan ortiq xonadonning 300 mingga yaqini, yaʼni 4,1 foizi (bu hozirgaça röyxatga olinganlar) eng ehtiyojmand hisoblanadi Ularni kambağallikdan çiqariş böyiça amaliy işlar körilmoqda. Uşbu xonadonlar röyxatlari mahalliy kengaşlar qarorlari bilan tasdiqlangan.

“Bu son köproq bölişi ham mumkin. Bular faqat dastlabki olingan maʼlumotlar bölib, eng kambağallik darajasida yaşayotgan xonadonlar bilan iş olib borilmoqda”, dedi Tanzila Norboyeva.

Qayd etilişiça, tadbirkorlik bilan şuğullaniş imkoniyatlari yanada kengaytirilmoqda. Amaldagi köplab talab va çeklovlar qayta körib çiqilib, soddalaştirilmoqda, katta imtiyozlar berilmoqda, tadbirkorlik qöllab-quvvatlanmoqda. Buning natijasida esa 500 mingdan ziyod tadbirkorlik subʼekti va 8 milliondan ortiq fuqaroga qariyb 30 trillion sömlik imtiyoz va preferentsiyalar berildi.

×