Osmonda uçgan nomaʼlum jismlar böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Osmonda uçgan nomaʼlum jismlar böyiça rasmiy maʼlumot berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda osmonda nomaʼlum jism uçişi aks etgan videomateriallar tarqaldi. Unga köra uşbu hodisa Marğilonda va Samarqandda kuzatilgani aytilmoqda.

Mazkur holat böyiça Fanlar akademiyasi Astronomiya instituti kiçik ilmiy xodimi Kamoliddin Ergaşev maʼlumot berdi.

Atilişiça, Marğilonda va Samarqandda olingan videomateriallardagi jismlarning uçiş vaqti bir bölsa-da, ularning har ikkisi bir obʼektga tegişliligi haqida qatʼiy xulosa çiqarilmagan. Sababi Marğilonda olingan videodagi jism qöşaloq va ortidan öziga xos ingiçka va xira iz qoldirmoqda. Samarqandda olingan video sifati esa yuqoridagi faktlarni tasdiqlaş imkonini bermaydi.

"Agar bu obʼektlarni ortidagi xira izdan kometa va uning dumi deb tavsiflaşga harakat qilinsa, uning videomaterialdagi nisbiy tezligiga köra bu mumkin emas. Çunki kometa atmosferadan taşqarida va ança uzoqda bölganligi sababli bunday katta körinma burçak tezlikda harakatlana olmas edi. Agar Yerga juda yaqin kometa deb tasavvur qilinsa, bunday kiçik ölçam bilan u ortidagi dumini öz gravitatsion maydonida tutib tura olmas edi.

Videomaterialdagi jismlarning yorqinligi fluktuatsiyalanuçi yoki portlovçan emas, harakati davomida deyarli özgarmas yorqinlikdali bölgani tufayli bu jismlarni Yer atmosferasiga kirib kelgan meteor deb sifatlaş ham imkonsiz. Bundan taşqari, uning körinma burçak tezligi meteor uçun juda kiçiklik qiladi. Umuman olganda videomateriallarning sifati va ulardagi dalillar bu obʼektlarning tabiati haqida xulosa berişga yetarli emas", deyiladi xabarda.

×