AQŞ sudi 2019 yilda Kaliforniyadagi yahudiylar sinagogasida otişma uyuştirgan amerikalik Jon Ernestni muddatidan oldin ozod qiliş huquqisiz umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.
Şunday qilib, 22 yoşli Ernest umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan bölsa-da, sodir etgan jinoyatlari uçun unga xavf solayotgan ölim jazosidan qutulib qolgan.
Maʼlum qilinişiça, Ernest aybini tan oliş uçun prokuratura bilan bitim tuzgan. AQŞ Adliya vazirligiga köra, aynan mana şu bitim 22 yoşli talabaga ölim jazosini umrbod qamoq bilan almaştirişga imkon bergan.
Maʼlumot örnida, Ernestga 109 ta punkt böyiça ayblov qöyilgan. U 2019 yilning aprel oyi oxirida Kaliforniya ştatining San-Diyego yaqinidagi ibodatxonada diniy bayramni nişonlayotgan yahudiylarga hujum qilgan. Buning oqibatida bir ayol halok bölgan, yana 3 kişi jarohatlangan. Öşa vaqtda ibodatxonada 100 kişi bölgan.
Avtomat bilan qurollangan Ernest kamida 10 marta öq uzgan. Biroq, nosozlik sabab avtomat öq uzişdan töxtagan. Şundan söng, jinoyatçi ibodatxonadan qoçib çiqib, voqea joyidan yaşiringan. Yakunda uning özi otişma haqida huquq-tartibot xodimlariga xabar berib, taslim bölgan.
Amerika Qöşma Ştatlari antisemitizmga qarşi ligasi (ADL) ga köra, 2020 yil may oyida mamlakatda antisemitizm bilan boğliq jinoyatlar rekord darajaga yetgan.









