Bugungi kunda 41 milliondan ortiq odam oçlikdan aziyat çekmoqda. Şoşilinç çoralar körilmasa, ular öladi va oç odamlar soni qor uyumidek köpayadi. Bu keça, 4 oktyabr kuni Birlaşgan Millatlar Taşkilotida bölib ötgan oliy darajadagi uçraşuvning leytmotividir.
Qayd etilişiça, hozirgi şaroitda dunyoning 43 mamlakatida yaşovçi 41 milliondan ortiq odam oçlik yoqasida turibdi. Efiopiya, Madagaskar, Janubiy Sudan va Yamanda 584 ming kişi esa allaqaçon oçlik şaroitida yaşamoqda. Ularning köp qismi – ayollar va bolalar.
Afğoniston, Venesuela, Gaiti, Gonduras, Kongo Demokratik Respublikasi, Efiopiya, Zimbabve, Markaziy Afrika Respublikasi, Suriya, Sudan va Ugandada halokatli vaziyat yuzaga kelgan.
Mutaxassislar dunyodagi oçlikning hozirgi holatini sönggi bir neça ön yillikdagi eng yomon ahvol deb ataşgan. Ular dunyoning köplab mamlakatlaridagi oziq-ovqat bilan boğliq holat yaqin kelajakda yomonlaşib ketişidan xavotirda.
“Oçlikdan ölişi mumkin bölgan odamlar soni 135 milliondan 270 milliongaça oşdi. Bu butun dunyoda köplab muammolarni keltirib çiqaradigan öta jiddiy vaziyat. Taxminan 43 mamlakatda 41 million odam oziq-ovqat tanqisligining törtinçi bosqiçida yaşamoqda. Bu şuni anglatadiki, oçlik allaqaçon ularning ostonasida eşik taqillatmoqda”, deydi Butunjahon oziq-ovqat dasturi rahbari Devid Bisli.
Mutaxassislarning fikriça, bunday holat bir neça omillar sababli kelib çiqqan: nizolar, COVID-19 pandemiyasi, ob-havo va iqlimning keskin özgarişi, transçegaraviy zararkunandalar.
Maʼlum qilinişiça, uşbu ofatlarning barçasi, iqtisodiy tanglik va oziq-ovqat mahsulotlarining butun jahonda narxlari oşişi bilan birga, köplab oilalar ovqatlaniş ratsionini kamaytirişiga majbur qiladi va hatto, oçlikdan ölişiga sabab böladi. Ayniqsa, ekinlarini yöq qiladigan çöl çigirtkalariga doş berolmaydigan Şarqiy Afrika xalqiga qiyin böladi.
“Bugun biz oziq-ovqat inqiroziga duç kelyapmiz. Çarçoq va oçlikdan öliş haqiqatga aylanib ulgurdi”, deydi Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkilotining boş direktori Tsyuy Dunʼyuy BMTning yuqori darajali tadbirida.
Şuningdek, u barçani oçlikka qarşi kampaniyaga qöşilişga çaqirgan.
BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlaştiriş byurosi maʼlumotlariga köra, töyib ovqatlanmaslik darajasi 20 foizdan oşganda, har 10 ming odamning ikkitadan köproği ölganida oçlik haqida rasmiy xabar beriladi.









