Belarus rezidenti Aleksandr Lukaşenko dunyo katta uruş yoqasida ekani haqida ogohlantirdi. Bu haqda u gumanitar yönalişdagi oliy öquv yurtlari talabalari bilan uçraşuvda maʼlum qildi.
“Xudo saqlasin, Uçinçi jahon uruşi boşlanmadi, ammo biz bu dahşatli voqea arafasida turibmiz”, deydi Lukaşenko.
Şu bilan birga, u bugungi kunda axborot uruşi ham faol davom etayotganini taʼkidlab ötgan.
“Bundan taşqari uzoq vaqtdan beri, nafaqat qarama-qarşilik, balki haqiqiy axborot uruşi bölmoqda. Bu aniq”, degan u.
Lukaşenkoning sözlariga köra, bugungi vaziyat huşyorlikni va Uçinçi jahon uruşining halokatli oqibatlarini oldini oliş uçun yangi muammolarga tayyor bölişni talab qiladi. U hozirgi voqealarning ahamiyatini va global beqarorlikka olib kelişi mumkin bölgan tahdidlarga qarşi turiş zarurligini eslatdi.
Eslatib ötamiz, 27 avgust kuni Rossiya Taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Qöşma Ştatlarni Uçinçi jahon uruşi Yevropa bilan çegaralanib qolmasligi haqida ogohlantirgandi. Sentyabr oyida esa NATO logistika qömondonligi boşliği, general-leytenant Aleksandr Sollfrank alyans Uçinçi jahon uruşi rejalarini işlab çiqayotganini aytgandi.
Muhammad Hodiyev









