Rossiya-Ukraina mojarosi Özbekiston va MO davlatlariga qanday iqtisodiy zarar keltirişi aytildi

Rossiya-Ukraina mojarosi Özbekiston va MO davlatlariga qanday iqtisodiy zarar keltirişi aytildi

Ukraina bilan uruş Rossiya mehnat bozorini asosiy işçi kuçi bilan taʼminlovçi Markaziy Osiyo davlatlariga qanday taʼsir qiladi?

Sönggi paytlarda afgor ommani tahlikaga solayotgan Rossiya-Ukraina örtasidagi ziddiyat, asosiy daromadi mehnat muhojirlari yuboradigan mablağlardan bölgan Markaziy Osiyo davlatlariga qanday xavf-xatar tuğdirişi maʼlum qilindi. 

Rossiyaning bepoyon sarhadlari böylab öz rizqini terib yurgan Markaziy Osiyo mamlakatlari – Özbekiston, Tojikiston, Qirğiziston mehnat muhojirlariga köra, uruş tahdidi ortidan Rossiyada rubl dollarga nisbatan qadrsizlanib bormoqda. Muhojirlarning uyiga yuboradigan mablaği ham avvalgiga nisbatan sezilarni darajada kamaygan.  

Rasmiy maʼlumotlarga köra, 2021 yilning yanvar-sentyabr oylari oraliğida Özbekistondan 3 million, Tojikistondan 1,6 million va Qirğiz Respublikasidan 620 ming fuqaro Rossiyaga mehnat migratsiyasi uçun borgan.   

Moskvadagi quriliş taşkilotida brigadir bölib işlaydigan Tojikistonlik Faridun Abdullayevning maʼlum qilişiça, ötgan yilning xuddi şu davrida u oilasiga har oy örtaça 500 AQŞ dollari yuborib turgan. Ammo, sönggi paytlarda sodir bölayotgan tahlikali voqelar ortidan rublning qadrsizlanişi sababli Faridun ötgan oy uyiga 450 dollar yuborolgan, xolos.  

“Men rafiqamga pul yubora turib, qönğiroq qildim va vaziyat kelgusida bundan ham yomonroq bölişi yoki yana öz holiga qaytişi mumkinligini aytdim”, deydi Faridun “Al-Jazeera” jurnalistiga bergan intervyusida. 

Ukrainaga nisbatan bosimni oşirib borayotgan Rossiyaning “jilovini tiyib turiş” uçun AQŞ va Ğarb Kreml iqtisodiga qarşi jiddiy sanktsiyalar qöllaş yölini tutmoqda. 

AQŞ eʼlon qilgan sanktsiyalar röyxatiga Rossiya moliya sektorining 55 foiz aktivlarini boşqaradigan 4 ta eng yirik rus banklari ham kiritilgan.   

Bundan taşqari, Rossiya gazining eng yirik importyori bölgan Ğarb mamlakatlari rus gazidan butunlay voz keçişni közlamoqda. Neft-gaz importi böyiça Rossiya örniga alternativ mamlakat sifatida Yevropa Qatarni tanlagan.  

Iqtisodiy daromadning eng katta qismini çetga neft-gaz sotib qoplaydigan Rossiya, AQŞ va Ğarb qöllaydigan sanktsiyalar ortidan boşi berk köçaga kirib qolişi taxmin qilinmoqda. 

Joriy qilinayotgan taqiqlar nafaqat Rossiya, balki iqtisodi çet elga mehnat muhojiri sifatida ketgan fuqarolar yuboradigan mablağlarga tayangan Markaziy Osiyo davlatlari uçun ham jiddiy muammomolar keltirib çiqarişi mumkin.  

Misol uçun, bundan avval AQŞ tomonidan Rossiyaga nisbatan 2014 yilda joriy etilgan sanktsiyalar sababli, 2013-2016 yillar oraliğida Tojikistonga Rossiyadan keladigan pul ötkazmalari miqdori ikki baravarga qisqargan. Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi bir yil içida qariyb 30 foizga, Qirğiziston Respublikasida esa 25 foizga kamaygan.

Kremlga qarşi qöllanayotgan bu safargi sanktsiyalar ham Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodi uçun avvalgisidan kam darajada taʼsir qilmasligi aytilmoqda.

Bildirilişiça, şundoq ham COVID-19 pandemiyasi ortidan joriy qilingan çeklovlar sababli Markaziy Osiyo davlatlariga migrantlardan keladigan xorijiy valyuta oqimi sezilarni pasaygan. Vaziyat sekin-asta önglanişi ortidan özbekistonlik migrantlar Rossiyadan yuboradigan mablağlar hajmi joriy yil hisobida 23 foizga ösgan.

Iqtisodçilarning tahlili şuni körsatmoqdaki, Moskvaning iqtisodi qiyin ahvolga tuşib qolgan taqdirda, daromadining katta qismi Rossiyadagi migrantlar yuborgan valyutaga töğri keladigan Tojikiston va Qirğiziston iqtisodi ham tang ahvolda qoladi. Ammo tabiiy boyliklari köp bölgan, iqtisodiy jihatdan bir munça erkin va rivojlaniş darajasi yaxşilanib borayotgan Özbekiston vaziyatni yengil ötkazişi kutilmoqda.   

Ekspertlarga köra, sanktsiyalar sababli Rossiya iqtisodi oğir ahvolga tuşib qoladigan bölsa, iş beruvçi alternativ davlat sifatida Qozoğiston, Turkiya, Janubiy Koreya va BAAga migrantlar oqimi sezilarli darajada ortadi.

×