Karantin vaqti kontraktni tölamaganlar öqişdan çetlatilmaydi - vazirlik

Karantin vaqti kontraktni tölamaganlar öqişdan çetlatilmaydi - vazirlik

Ijtimoiy tarmoqlarda taʼtil eʼlon qilinişi ortidan kontrakt pulini tölamagan talabalar öqişdan çetlatilayotganligi hamda talabalarga stipendiya berilmayotgani haqida asossiz xabarlar tarqaldi.

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi uşbu xabarlarga izoh berib ötdi.

2020 yil 16 martdan koronavirus infektsiyasi tarqalişining oldini oliş maqsadida respublikadagi barça taʼlim muassasalari qatori oliy taʼlim muassasalarida ham öqiş töxtatilib, taʼtil eʼlon qilindi.

Karantin tufayli berilgan taʼtil sabab tölov-şartnoma şartlarini bajarişga ulgurmagan talabalarga (şu jumladan, 1-kursning 2-yarmi uçun tölovlarga) rektorlar tomonidan qöşimça muddat beriladi. Asos: Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi qarori.

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinayotgan “sönggi muddat – 20 mart” talabalarga emas, balki 2019-2020 öquv yilida bakalavriat va magistraturaning birinçi kursiga tölov-şartnoma asosida talabalikka tavsiya etilgan hamda tabaqalaştirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlarga taalluqli (OTMda öquv maşğulotlariga qatnagan, tölov-kontraktni 1-semestr uçun tölamaganlar ham – abituriyent maqomida hisoblanadi).

Uşbu muddat Özbekiston Respublikasi taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2020 yil 28 fevraldagi 13-son bayoni bilan belgilangan bölib, hozirgaça vazirlikka 20 martga qadar tölay olmaganlik va muddatni uzaytiriş haqida murojaat kelib tuşmadi.

Karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya tölanadi. Faqatgina tölov turida özgariş bölişi, naqd pul körinişida olayotganlarga stipendiya puli talabaning plastik kartasiga tuşirib beriladi.

Respublikadagi barça oliy taʼlim muassasalarida talabalarga joriy yil mart oyi uçun stipendiyalar tölab berilgan. Şu bilan birga tölov-kontrakt pulini tölamaganligi, akademik qarzdorligi, tegişli buyruq rasmiylaştirilmaganligi yoki bank plastik kartasi berilmaganligi uçun stipendiya tölaşda keçikişlarga yöl qöyilganligi aniqlandi.

Aksariyat hollarda talabalar tomonidan tölov-şartnoma şartlarining keç bajarilgani stipendiya tayinlaş va bank plastik karatalarini oçişning keçikişiga asosiy sabab bölgan.

Hozirda vazirlik tomonidan respublika miqyosida stipendiya tölanmagan talabalar haqida maʼlumot umumlaştirilmoqda. Ularga:

- naqd pul körinişida tölanmay qolgan stipendiyalar talabaning doimiy yaşaş joyiga poçta orqali yuboriladi yoki tumanlardagi bank filiallari orqali röyxat asosida tarqatiladi;

- bank plastik kartalari orqali tölanadi, plastik kartalar oçilmagan talabalarga yangi kartalar oçilib, bank muassasasining hududiy bölimi orqali yetkaziladi.

Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligi rasmiy maʼlumotiga köra, karantin davrida tölov-şartnoma şartlarini bajarişga ulgurmaganlar talabalar safidan çiqarilmaydi.

Şuningdek, barça talabalarga taʼlim şakli va özlari tanlagan tölov turidan kelib çiqib, belgilangan tartibda stipendiyalar töliq tölab boriladi.

×