IIB xodimlarini kalamuş, deyiş haqoratga kirmaydiyu, “ment” sözi kiradimi? – Kuşerboyev avtobloger Ğaniyev voqeasi böyiça IIV yuzlandi

IIB xodimlarini kalamuş, deyiş haqoratga kirmaydiyu, “ment” sözi kiradimi? – Kuşerboyev avtobloger Ğaniyev voqeasi böyiça IIV yuzlandi

Özbekistonda Yöl-patrul xizmati xodimlari faoliyatini yoritiş bilan şuğullanib kelgan bloger Bobur Ğaniyev içki işlar organi xodimlarini haqorat qilgani uçun hibsga olinişi muhokama mavzusi bölib turibdi. Kimdirlar u çiqişlarida etika qoidalarini buzib kelganini aytsa, boşqalar içki işlar organlari xodimlari uni hibsga olib, “na koleni” ötirgan videosini tarqatib yuborganini qoralayapti.

Özbekiston Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev blogerning hibsga olinişiga munosabat bildirib, qator savollarni örtaga taşladi.

“Bobur Ğaniyev ismli bloger Uçtepa tumanida IIB xodimlarini “ment”, deb haqorat qilgani va şaxsiy telefonida pornografik materiallar borligi uçun uşlangani haqida xabarlar tarqalmoqda. Yana bloger jamoat tartibini buzdi, degan ayb ham qöyilgan.

Qiziği fuqaroni söroq qiliş jarayoni tarmoqlarga atayin tarqatilayapti.

Vijdon nimaligini bilmaydigan va buning uçun blogerlardan köp tanqidga uçraydigan sudʼya va prokurorlar ham işlayotgan bir vaqtda blogerning jamoat tartibini buzmaganini isbotlaş körsatkiçi nolga teng”, deydi Kuşerboyev.

Deputatga köra, iş atayin uyuştirilgan, degan şubha köpligi sababli protsessual qoidalar doirasida quyidagi savollarga javob berilişi kerak.

“Birinçidan, qanday qilib IIB xodimlari qöliga blogerning telefoni tuşib qoldi? Telefondan jinoyat quroli sifatida foydalanilib IIB yoki boşqa şaxslarga tan jarohati yetkazilganmi?

Ikkinçidan, telefon nima uçun tintuvdan ötkazildi? Bu tintuv emas, közdan keçiriş, deyilsa telefonning ost-ustiga qaraladi xolos. Yaʼni uning piçoq, töpponça, non emas, aynan telefon ekanligiga işonç xosil qiliş uçun köriladi. Bu örinda IIB xodimlari fuqaroning telefonidan  qandaydir noqonuniy material topiş maqsadida tintuv ötkazişgan körinadi. Tintuv uçun esa sanktsiya kerak.

IIB xodimlariga sanktsiyasiz tintuv ötkazişga huquq berilganmidi?

Uçinçidan, telefonni tintuvdan ötkaziş qanday usul va tartib böyiça olib borildi, tartib bormi özi? 

Törtinçidan, erkak va ayol örtasidagi jinsiy aloqaga doir video va tasvirlarning voyaga yetgan fuqaro telefonida bölişi mumkinmasligi qaysi qonunda belgilangan?

Beşinçidan, ahloq normalariga töğri kelmasa-da, er-xotin sifatida ayol va erkak örtasidagi jinsiy aloqa noqonuniy bölmagani holda, voyaga yetgan inson uçun bu kabi tasvirlarni öz telefonida bölişi qanday huquqiy javobgarlikka sabab böladi?

Oltinçidan, haqorat qiliş deganda, fuqaro aynan qanday sözlarni işlatgan bölişi lozim. Masalan, IIB xodimlarini kalamuş, deyiş haqoratga kirmaydiyu, “ment” sözi kiradimi. Bu qayerda belgilangan? 

Yuqoridagi savollarga aniq va asosli javob berilişi şart. Aks holda blogerning huquqbuzarligiga doir harakatlarning qonuniyligi böyiça şubhalar yöqolmaydi. Bölmasa istagan fuqaroni yöq joydan jinoyatçiga çiqariş mumkin”, deya qator savollarni örtaga taşlagan deputat.

Rasul Kuşerboyev Uçtepa tumani IIB xodimlari Prezident kafilligidagi Konstitutsiyada belgilab qöyilgan söz erkinligidan foydalanib, tanqid qilayotgan fuqarolarni qörqitib, erkinliklarini böğiş maqsadida özlari jinoyatga yöl qöyişmaganiga umid bildirgan.

“Agar şunday bölib çiqsa, bunday IIB xodimlari bor jamiyatda yaşayotganimdan uyalaman”, deya sözini yakunlagan deputat Kuşerboyev.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 30 sentyabr kuni taxminan soat 23:30 da Uçtepa tumani “Farhod” bozori röparasida ötkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” profilaktik tadbiri davomida Toşkent şahar IIBB YHXB YPX inspektorlari tomonidan Epica rusumli davlat raqami 01 U 909 BB bölgan avtomaşina töxtatilgandi.

Transport vositasi haydovçisi 1993 yilda tuğilgan Abror Kozubayevning (internet tarmoğida “Abror bloger” nomi bilan tanilgan) hujjatlari tekşirilgan. Şu jarayonda Epica rusumli avtomaşinada yölovçi sifatida ötirgan 1987 yilda tuğilgan Bobur Ğaniyev (internet tarmoğida “Avtobloger Bobur Ğaniyev” nomi bilan tanilgan) YPX inspektorlarini haqorat qilib, janjal kötargan. IIO xodimlarining qonuniy talablariga böysunmasdan jamoat tartibini buzgan. Şundan söng transport vositasining haydovçisi Abror Kozubayev, yölovçilari Bobur Ğaniyev va O.Salimov Uçtepa tumani IIO FMBga olib borilgan.

Holat yuzasidan hujjatlarni rasmiylaştiriş va tekşiruv ötkaziş jarayonida Bobur Ğaniyevning şaxsiy uyali telefon apparatida pornografik mazmundagi qonunda taqiqlangan videomateriallar va fotosuratlar borligi aniqlangan.

Biroq, IIO xodimlarini haqorat qilişda ayblangan blogerning tiz çökkan holda ötirgan va tergov jarayonidagi videolari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. QALAMPIR.UZ bu videolar qanday qilib tarqalgani böyiça izoh oliş uçun Toşkent şahar IIBB bilan boğlandi. Şundan söng, videoni tarqatganlarga nisbatan xizmat tekşiruvi boşlangani oçiqlandi.

Bugun, 2 oktyabr kuni esa bloger Bobur Ğaniyev 15 sutkaga qamalgani maʼlum böldi. Ammo bu haqda rasmiy maʼlumot berilmagan.

×