Maşinada turtib ötilgan ayol voqeasi böyiça rasmiy maʼlumot

Maşinada turtib ötilgan ayol voqeasi böyiça rasmiy maʼlumot

Ijtimoiy tarmoqlarda «Haydovçi avtomobilini ayol ustiga boşqardi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Qayd etilişiça, joriy yilning 4 sentyabr kuni soat 15:00larda, Toşkent şahar, Sergeli tumani, Ziynat MFY, Şokirariq köçasida «Spark» rusumli avtomobil haydovçisi, 1979 yilda tuğilgan Ş.R. hamda «Changan» rusumli yuk avtomobili haydovçisi, 1983 yilda tuğilgan H.M.lar örtasida özaro tortişuvli vaziyat yuzaga kelgan.

«Changan» rusumli avtomobil haydovçisi H.M. voqea joyidan ketmoqçi bölgan vaqtda fuqaro Ş.R. uşbu yuk avtomobilining old qismiga tepgan. Haydovçi töxtamasdan harakatda davom etgan va fuqaro H.M.ni avtomobil bilan turtib ötgan.

Natijada, fuqaro Ş.R. tan jarohati olgan.

Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan tegişli hujjatlar rasmiylaştirilib, hozirda suriştiruv harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

×