Adolat talab qilgan odamlarni terrorist deyiş, avtoritar rahbarlarni oqlaş degani – Bahriyev

Adolat talab qilgan odamlarni terrorist deyiş, avtoritar rahbarlarni oqlaş degani – Bahriyev

Belarus, Qozoğiston va boşqa davlatlarda odamlarning rad etilgan manfaatlari bor. Odamlar hokimiyatda, sudlarda adolatni körmadi. Xalq gazning qimmatligi, elektr tökining yöqligidan köçaga çiqsa, ularni terrorist, deb ataş avtoritar rahbarlarni himoya qilib qoladi.

Qozoğistonda norozilik aktsiyalari yangi yilning ilk kunlaridan boşlandi. Janaozen şahrida avtomobil egalari suyultirilgan gaz narxi 120 tengega (qariyb 3 ming söm) kötarilganidan norozi bölib, ommaviy mitingga çiqdi. Tobora olovlangan namoyişlar ortidan Hukumat komissiyasi Aqtau şahridagi “Intimak” maydonida namoyişçilar bilan uçraşgan. Uçraşuv davomida suyultirilgan gaz narxini pasaytiriş va Manğistau viloyatida gaz narxini litri uçun 50 tenge etib belgilaş töğrisida qaror qabul qilingan. Ammo namoyişlar kölami kengayib, mamlakatning eng yirik şaharlari aholisi ham oyoqqa turdi. Eng yuqori tebraniş Olma-otada kuzatildi. 

Hukumat namoyişçilarni terrorist deyişni boşladi va qölga olinganlar orasida xalqaro terroristik guruhlarga aloqadorlar borligini maʼlum qildi. Biroq bu taxminlar hozirça isbotini topgani yöq. Bu orada Hukumat namoyişlarni terakt deyişdan qoçib, “foijali voqea” deyişga ötdi. Bu orada Milliy xavfsizlik qömitasi raisi Masimov va uning örinbosarlari işdan oldindi. Hozirda ular davlatga qarşi töntarişda ayblanmoqda. 

Karim Bahriyevga köra, öz haqqini talab qilib köçaga çiqqan va adolatsizlikdan toliqqan xalqni terrorçiga çiqariş töğri emas. 

“Qozoğistonda haqiqatan ham xalqaro terroristlar bölsa, şubhasiz ularga qarşi kuraşiş kerak. Lekin “pöçoğini danagidan ajratiş kerak”, degan gap bor. Xalqaro terroristlar bölsa, normal tergov ötkazib, aniqlaş lozim. Kim bölgan, nimaga kelgan, qayerdan taʼminlangan va bu jarayon şaffof bölişi lozim. Ğarb deb gumon qilinyaptimi, Ğarbning ekspertlarini qöyiş kerak bu tergovlarga. Öz közi bilan körsin. Terroristiklik, qonxörlik bölsa, ularga çora körişga heç kim qarşi emas. Lekin şu mamlakatning xalqi juda norozi ekanligini tan oliş lozim. Bu muammolarni ham yeçiş kerak”, deydi jurnalist.

Maʼlumki, namoyişlar qurolli harakatlarga aylanib ketgan bir vaqtda Prezident Qosim-Jomart Töqayev Xavfsizlik kengaşi boşqaruvini qöliga oldi va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidan yordam söradi. Bahriyevga köra, Töqayev mamlakatda ikki boşlilik siyosati, xususan Nazarboyev taʼsiridan çiqib, Rossiya taʼsiriga tuşdi. 

“Yangi Prezident eskisining taʼsiridan çiqib, Rossiyaning taʼsiriga tuşdi. Endi gaz şartnomalarini “Gazprom” bilan tuzsa, ajab emas”, deydi Bahriyev.

Uning qayd etişiça, xalq özining xaqqini talab qilib köçaga çiqsa, undan foydalanib qoladigan terroristlar bor. 

“Millat sifatida ösişimiz kerak, köproq öqişimiz zarur. Közimiz oçiq bölişi lozim. Suverenitetimizga xavf paydo bölganida birlaşişimiz zarur. Oldimizda “xalq odamday yaşaşi, davlatimiz dunyo havas qiladigan mamlakat bölsin”, degan maqsad turuşi kerak”, deydi Karim Bahriyev.

×