“Otalar sözi – aqlning közi” körsatuvi boşlovçisi, olim Töxtamurod Zufarov vafot etdi

“Otalar sözi – aqlning közi” körsatuvi boşlovçisi, olim Töxtamurod Zufarov vafot etdi

“Otalar sözi – aqlning közi” körsatuvida boşlovçilik qilib kelayotgan adabiyotşunos olim, usta sozgar, hattot, filologiya fanlari nomzodi, Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi Töxtamurod ota Zufarov bugun, 6 oktyabr kuni 84 yoşida vafot etdi. Bu haqda “Mahalla” telekanali xabar bermoqda. 

Katta hayotiy tajribaga ega Töxtamurod ota Zufarov sönggi yillarda “Mahalla” telekanali tomonidan efirga uzatib kelinayotgan “Otalar sözi – aqlning közi”, “Otalar sözi – aqlning közi” poçtasidan” körsatuvlarida boşlovçilik qilib kelayotgan edi.

1936 yilda Toşkent şahrida tavallud topgan. 

“Töxtamurod ota Zufarov serqirra faoliyati davomida adabiyotşunoslik, xattotlik va musiqa madaniyatimizga oid boy meros qoldirib ketdi”, deyiladi xabarda. 

NAMANGANLIKLAR.UZ tahririyati aʼzolari marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi.

×