Gruziyaga qaytga mamlakatning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili hibsga olindi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, sobiq davlat rahbarining hibsga olingani va jazoni ijro etiş muassasasiga joylaştirilgani töğrisida mamlakatning amaldagi boş vaziri Irakli Garibaşvili xabar bergan.
Qayd etilişiça, Gruziyada sobiq prezident Saakaşviliga nisbatan ança oldin — 2005 yilda byudjetni özlaştiriş, vakolatlarini suiisteʼmol qiliş va deputatni kaltaklaş kabi holatlar böyiça bir qança jinoiy işlar qözğatilgan. U 2014 yilning avgustidan buyon qidiruvda bölgan. Maʼlumotlarga köra, unga 11 yillik qamoq jazosi tayinlanişi mumkin.
Maʼlumot örnida, Gruziya boş vaziri Irakliy Garibaşvili sobiq prezident Mixail Saakaşvili mamlakat hududiga qadam qöygan zahoti hibsga olinişini aytgandi.
«Saakaşvili bizning yerimizga, hududimizga qadam bosişi bilan tezda hibsga olinadi va qamoqqa taşlanadi. Bu jarayonga aralaşgan har bir kişi qonun doirasida eng qattiq tarzda jazolanadi», — degan Garibaşvili.
Şuningdek, u Saakaşvilining maqsadi hokimiyatni qayta qölga kiritiş ekaniga işonç bildirgan va hozirgi vaziyat 2003 yilda sobiq prezident öz şeriklari bilan Gruziyada «atirgul inqilobi»ni uyuştirib, hokimiyatni egallagani kabi emasligini aytgan.
«Saakaşvilining yagona vazifasi va maqsadi — mamlakatimizda tartibsizliklar, beqarorlik va betartiblikni keltirib çiqariş. Uning yagona istagi esa hokimiyatni qaytariş. Bu — Saakaşvili va uning jamoasi uçun amalga oşmaydigan orzu. Bugun davlat kuçli, Mixo va uning tödasi hozirgi davrni 2003 yil deb öylamasin. Har kim har qanday provokatsiya uçun qatʼiy javob beradi, albatta, qonun doirasida», — deya xulosa qilgan u.
Avvalroq Saakaşvili AQŞning amalga oşmagan rejasini maʼlum qilgandi. Şuningdek, u Putin Ukrainadagi qaysi şaharni egallab olmoqçi ekanini aytgandi.









