Tergov maʼlumotlariga köra, sudyalar va prokuror 21 yoşli qizni öldirişga urinişda aybi töliq isbotlangan Qumarbek Abdirovning jazosini yengillaştirgan. U amnistiya tufayli ozodlikka çiqib, yana qotillikka qöl urgan.
Qirğizistonda Bişkek şahar sudining uç nafar sobiq sudyasi va prokurori hibsga olindi, ular 2016 yilda bir qator qotilliklarni tan olgan şaxsga nisbatan jazoni yumşatgan edi. Bu haqda respublika IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov maʼlumotlariga köra, sudyalar Saniya Brançayeva, Janil Mambetali va Qaysin Abakirov (IIV press-relizida faqat boş harflar körsatilgan, töliq ism va familiyalar OAV tomonidan keltirilgan) prokuror Dastan M. bilan birgalikda 21 yoşli qizni öldirişga urinişda aybi töliq isbotlangan Qumarbek Abdirovning jazosini yengillaştirişda iştirok etgan.
2015 yilda sud uni 12 yilga ozodlikdan mahrum qilgan, ammo 2016 yilda yuqorida nomi tilga olinganlar advokat S.J. vositaçiligida Qirğiziston Jinoyat-protsessual kodeksi normalarini buzgan holda jazoni yengillaştirgan. Natijada 2018 yildayoq Abdirov amnistiya böyiça ozodlikka çiqqan.
2025 yil sentyabr oyida u 17 yoşli Oysuluv Mukaşevani zörlab öldirganlikda ayblanib, qölga olingan edi. Iş şu qadar şov-şuvga sabab böldiki, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov ölim jazosini qaytarişni buyurdi.









