Namangan viloyati Töraqörğon tumanidagi “Sohilobod” mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi nuroniy otaxon Muslimxöja Qosimov, barçaga namuna bölib, öziga qaraşli mol-mulk binosidan 4 xonasining hujjatlarini rasmiylaştirib, mahalla fuqarolar yiğini hisobiga ötkazib berdi.
Bu esa mahallaning iş faoliyati samaradorligini oşişi, jinoyatdan xoli hududga aylanişiga, vatanparvarlik ruhi mahalladan boşlanişiga olib kelişi şubhasiz.
— Özim tuğilib ösgan mahallamga xayr-saxovat körsatiş orzusida edim. Bugun ana şu niyatlarimni yuzaga çiqarganimdan baxtiyorman, — deydi 70 yoşga yaqinlaşgan otaxon.









