OAV faoliyatiga tsenzura örnatiş uçun javobgarlik kuçaytiriladi – Mirziyoyev

OAV faoliyatiga tsenzura örnatiş uçun javobgarlik kuçaytiriladi – Mirziyoyev

Avvalroq, Oliy Majlis Senatining yangi binosida Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirişiş marosimi boşlangani haqida xabar bergandik.

Marosimda sözga çiqqan Şavkat Mirziyoyev nutq sözladi va söz erkinligi hamda oçiqlik siyosati haqida gapirdi. 

“Albatta, bunday oçiqlik va oşkoralik şaroitida işlaş, öz faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni töğri qabul qiliş eskiça qoliplar bilan yaşayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qatʼi nazar, biz bu yölni davlat siyosatining eng muhim yönalişlaridan biri deb bilamiz va uni izçil davom ettiramiz”, deydi Mirziyoyev. 

Davlat rahbari, şuningdek, OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş uçun amaldagi qonunçilikda javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilayotganini maʼlum qildi.

“Şu maqsadda amaldagi qonunçilikda davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş, tsenzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş, materiallar va texnik vositalarni ulardan ğayriqonuniy ravişda olib qöyiş harakatlari sodir etilgani uçun javobgarlikni kuçaytiriş közda tutilmoqda.

Bir söz bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barça jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida böladi”, deydi Şavkat Mirziyoyev.

×