Fuqarolarning bank plastik kartalaridan pullarini öğirlaganlik uçun jazo oğirlaştiriladi. Jinoyat kodeksiga tegişli özgartirişlarni kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi bugun, 9 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisida körib çiqildi.
Qonun loyihasi bilan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 169-moddalari (öğrilik) bank plastik kartalardan pul mablağlarini öğrilik yöli bilan talon-toroj qilganlik uçun oğirlaştiruvçi holat sifatida javobgarlikni belgilovçi yangi norma bilan töldirilmoqda.
Taʼkidlanişiça, hozirgi kunda plastik kartoçkalaridan pul mablağlarini öğrilik yöli bilan talon-toroj qiliş holatlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan malakalanadi.
Qayd etilişiça, köp hollarda fuqarolarning bank plastik kartoçkalaridan oz miqdorda talon-toroj qilganlarga Jinoyat kodeksi 169-moddasining 1-qismi bilan ayb eʼlon qilinadi. Bu öz navbatida, aybdor şaxslarga nisbatan yetarliça jazo çoralarining qöllanilmayotganiga, ularning axloqan tuzaliş yöliga ötmayotganiga, takroran jinoiy faoliyat bilan şuğullanişiga olib kelmoqda.









