Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin AQŞda ötkazilgan Prezident saylovida nomzodlardan birini heç kim mutlaq rasmiy ravişda tabriklamaganini aytdi. U bunday tabriklar yöllaşning öz tartib-taomili borligini eslatgan.
“Rasmiy işlar belgilangan amaliyotga va işning huquqiy tomoniga muvofiq amalga oşirilişi kerak. Bu yerda yaşirin niyat yoki bizning munosabatlarimiz kelgusida yomonlaşişga olib keluvçi asosga ega ğayrioddiy heç nima yöq”, degan Prezident “Rossiya 1” telekanalining “Moskva. Kreml. Putin” dasturida.
U şuningdek, Moskva AQŞning amaldagi Prezidenti Donald Trampni ham, uşbu lavozimga nomzod Jo Baydenni ham hurmat qilişini qöşimça qildi.
Eslatib ötamiz, AQŞda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bölib ötdi. Dastlabki maʼlumotlarga köra Demokratik partiyadan nomzod Bayden ğalaba qozoniş uçun yetarliça elektorat töplagan.
Tramp ham öz örnida ğalaba qozonganiga şubha qilmayapti. U özining haqligini sud orqali isbotlamoqçi.
Avvalroq, Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti saylovlarning natijasi rasman eʼlon qilingaç, ğolibni a









