Namanganda yangi tuman taşkil etiladi

Namanganda yangi tuman taşkil etiladi

Bugun, 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari “Namangan viloyati Namangan şahar tarkibida Davlatobod tumanini taşkil etiş töğrisida”gi masalani körib çiqdilar. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar berd.

Yangi Davlatobod tumani tarkibiga Namangan şahrining “Yuksaliş”, “Navröz”, “Nurobod”, “Gulşan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “Töquvçi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar döstligi”, “Davlatobod”, “Quyi Ğirvon”, “Yuqori Ğirvon”, “Örta Ğirvon”, “Boğ”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Şişaki”, “Quyi Rovuston”, “Örta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Yelxon” mahalla fuqarolar yiğinlarining hududlari ötkazilişi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qaror tasdiqlaşi uçun Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Deputatlarning taʼkidlaşiça, bu özgarişlar hududda yangi infratuzilma obʼektlari barpo etilişi hamda aholiga xizmat körsatiş tizimining yanada yaxşilinişga xizmat qiladi.

Maʼlumot uçun, Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga taşrifi davomida Namanganda yangi tuman taşkil qiliş böyiça topşiriq bergandi. 

×