Namangan. 2020 yil 16 dekabr kuni Çortoq tuman IIB va DXX tuman bölimi xodimlari bilan hamkorligida ötkazilgan tadbir natijasida 38 yoşli Foziljon A.,ning xonadoni közdan keçirilganida, xonadon egasi va 27 yoşli Raximjon A., lar özlari bilan olib kelgan “HP” rusumli noutbuk, “Epson” nomli rangli printer hamda turli rangdagi böyoqlari, “Delli” nomli laminatsiya uskunasi, 1 dona soç quritgiç, dazmol va 4 ta qutida “A-4” formatdagi qoğozlar, xonadon gilami ostidan “A-4” format qoğozga çiqarilgan 50.000 sömlik kupyuradagi 18 dona, 100.000 sömlik kupyuradagi 4 dona qalbaki pullar bayonnoma orqali aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Çortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan fuqarolar Foziljon A. va Raximjon A., larga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib qalbaki pul yasaş, ularni ötkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçilar protsessual tartibda uşlangan.
Hozirda jinoyat işi böyiça tergov harakatlari olib borilmoqda deya xabar bermoqda, Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti.













