Ozarbayjon bilan çegarada bir neça arman askari halok böldi. Bu haqda Yerevan maʼlum qildi.
“16 noyabr kuni Ozarbayjon Qurolli Kuçlarining hujumi natijasida boşlangan janglarda arman tomondan olti kişi halok böldi”, deyiladi Armaniston Mudofaa vazirligi saytida.
Taʼkidlanişiça, halok bölganlardan birining şaxsi hali aniqlanmagan. Rossiya tomoni vositaçiligida asirga olingan askarlarni vataniga qaytariş işlari davom etmoqda.
Toşkent vaqti bilan soat 11:00 holatiga köra, Armaniston-Ozarbayjon çegarasida vaziyat nisbatan barqaror ekani qayd etilgan.
Joriy yilning 16 noyabr kuni Yerevan ozarbayjonlar Kilisali toği hududida mamlakatga bostirib kirganini, bir arman askari halok bölgani, 13 nafari asirga olingani va 24 nafari bilan aloqa uzilganini maʼlum qilgandi.
Öz navbatida, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston bilan çegaradagi töqnaşuvda yetti nafar ozarbayjon askari halok bölgani, ön nafari yaralangani haqida xabar berdi.
Ikki Respublika Mudofaa vazirlari bilan telefon suhbatida ularning rossiyalik hamkasbi Sergey Şoygu Moskva vaziyatni barqarorlaştirişga yordam berişga tayyorligini, taʼkidlagan, şundan söng janglar töxtatilgan.
Keça, 18 noyabr kuni Baku armanlarning yangi hujumini eʼlon qilib, uning bostirilganini, Ozarbayjon harbiylari orasida yöqotişlar yöqligini taʼkidladi.
Maʼlumot uçun, 2020 yilning 11 noyabriga ötar keçasi Rossiya vositaçiligida Ozarbayjon va Armaniston yetakçilari öq uzişni töxtatiş böyiça uç tomonlama bayonot imzolagan bölsalar-da, hali-hanuz ikki örtadagi çegara notinç, vaqti-vaqti bilan çegarada öq otilib turadi









